Partiya rahbariyati

XAITOV AKTAM AXMADOVICH

XAITOV AKTAM AXMADOVICH

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi

Xaitov Aktam Axmadovich 1974 yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan.

1994 yil Samarqand iqtisodiyot va servis (kooperativ) institutini tamomlagan, iqtisod fanlari nomzodi.

1994-1997 yillarda Samarqand iqtisodiyot va servis (kooperativ) institutida, 1997-2000 yillarda Samarqand viloyat hokimligi axborot-tahlil guruhida, 2000-2002 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil boshqarmasida, 2002-2005 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari Qo‘mitasida faoliyat yuritgan.

2005 yilda O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar yig‘ma axborot-tahlil departamenti mudiri, 2006-2014 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri, 2014-2016 yillarda “Biokimyo” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining o‘rinbosari, 2016-2017 yillarda O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktori, 2017-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimida ishlab kelgan.

2018 yildan buyon O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelmoqda.

2018 yil 3 avgustda bo‘lib o‘tgan O'zLiDeP Siyosiy Kengashining X majlisida partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi etib saylangan.

YAKUBOV BAXTIYOR SULTONNAZIROVICH

YAKUBOV BAXTIYOR SULTONNAZIROVICH

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

Yakubov Baxtiyor Sultonnazirovich 1969 yilda tug‘ilgan.

1993 yilda Toshkent davlat universitetini, 2006 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, tarix fanlari nomzodi.

1993-1998 yillarda Toshkent davlat universitetida, 1998-1999 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida, 1999-2003 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida, 2003-2005 yillarda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasida faoliyat yuritgan.

2004 va 2009 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan.

2004-2009 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi mudofaa va xavfsizlik masalaari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, 2010-2015 yillarda Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari, O’zLiDeP fraksiyasi rahbari lavozimida ishlagan, 2005 yildan jamoatchilik asosida partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari vazifasini amalga oshirgan.

2015 yildan buyon O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining tashkiliy-partiyaviy ishlar va kadrlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.

B.Yakubov 2006 yilda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlangan.

 

SHOUMAROV DILSHOD SHAVKATOVICH

SHOUMAROV DILSHOD SHAVKATOVICH

О‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

Shoumarov Dilshod Shavkatovich 1964 yilning 31 iyulida  Toshkent shahrida tug‘ilgan.

1981-1986 yillarda Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zMU) sharqshunoslik fakultetida, 1998-2000 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tahsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi —  sharqshunos, xalqaro biznes magistri.

Mehnat faoliyatini 1986 yilda ToshDUning xalqaro bo‘limi katta inspektori lavozimidan boshlagan.

1987-1991 yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida muhandis-tarjimon, 1991-2008 yillarda “KOMEKO” xalqaro tashkiloti, “Aziya-Metall-Treyding” QK, “Akan-Plastik” QK, “Proteks-Inshoat” korxonasi, “Qurilish mollari bozori” MChJda rahbar lavozimlarida ishlagan.

2008 yildan hozirgi vaqtga qadar “DIMAX METALL SERVIS” MChJ Ta’sischilar kengashi raisi, 2013 yildan buyon “Dimax” sanoat-savdo ko‘rgazma biznes markazi raisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. 

2015 yilda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati etib saylangan.

2014 yildan buyon O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining mafkuraviy va targ‘ibot-tashviqot ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.

SHUKUROV ELBEK XABIBULLAYEVICH

SHUKUROV ELBEK XABIBULLAYEVICH

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

Shukurov Elbek Xabibullayevich 1988 yil 18 martda tug‘ilgan.

2009 yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi bo‘yicha iqtisodchi.  

Mehnat faoliyatini 2005 yilda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar bo‘limi Kengashi muassisligidagi “Kamalak” markazida boshlagan. 2005-2006 yillarda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Yunusobod tuman bo‘limida, 2007-2012 yillarda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashida faoliyat yuritgan.

2012-2013 yillarda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar bo‘limi Kengashi raisi o‘rinbosari, 2013-2015 yillarda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar bo‘limi Kengashi raisi lavozimida ishlagan.

2015 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi a’zosi.

2017 yildan O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Toshkent shahar kengashi raisi sifatida faoliyat yuritmoqda.

2017 yildan buyon O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari.

E.Shukurov 2011 yilda “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni, 2017 yilda   “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.