Deputat mahalla raislari bilan uchrashdi

21.04.2024, 11:59

Deputat mahalla raislari bilan uchrashdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Durbek Axmedov Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi "Xondamir" mahalla fuqarolar yig‘inida davra suhbati tashkil qildi.

Davra suhbatida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Dilshod Shoumarov, tuman Kengashi deputatlari, mazkur mahalla yettiligi, mahallaga biriktirilgan bank xodimlari ishtirok etishdi.

Suhbat davomida  Qonunchilik palatasi tashabbusi bilan qabul qilingan “O’zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun mazmun - mohiyati va ahamiyati haqida gapirildi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori yuzasidan ham to‘liq ma’lumotlar berildi.

 

  • Ko'rildi
    35
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+