Navoiylik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti

02.05.2024, 16:27

Navoiylik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti

Xabaringiz bor, bir necha yillardan buyon O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” tomonidan “Ishbilarmon-ayol” ko‘rik-tanlovi o‘tkazib kelinmoqda. Tanlovning bu yilgi bosqichi oldingilaridan tubdan farq qilib, mahallalarda saralash bosqichlari o‘tkazilayapti. Bu o‘z navbatida mahallalarda yangidan yangi tadbirkorlar kashf etilib, partiya aʼzoligiga ham qabul qilinyapti, hammaslaklarimiz saflari yana-da kengayishiga xizmat qilmoqda.

Navoiy shahrining Zarafshon, Ziyokor, Yangiariq, Lochin mahallalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkor opa-singillar ishtirokida tanlovning mahalladagi saralash bosqichi o‘tkazildi. Dastlab, tadbirkor xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi va tanlov nizomiga asosan tashkiliy qumita aʼzolari tomonidan baholab borildi.

Tanlov g‘oliblariga partiyaning qimmatbaho sovg‘alar topshirildi va tanlovning shahar bosqichiga yo‘llanma berildi.

  • Ko'rildi
    39
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+