Dehqonobodlik deputatlar bilan muloqot qilindi

25.04.2024, 11:50

Dehqonobodlik deputatlar bilan muloqot qilindi

Shu kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari xalq bilan ochiq muloqot qilish, ijtimoiy soha ob’yektlari, tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati bilan tanishish maqsadida hududlarda uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spiker o‘rinbosari, O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Dehqonobod tumanida bo‘lib, saylovchilar bilan muloqotda bo‘ldi, aholi daromadlarini oshirish borasida hududda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

Partiya yetakchisi dastlab xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi deputatlari bilan uchrashuv o‘tkazdi, ularning taklif va fikrlarini, deputatlarga aholi vakillari tomonidan ilgari surilayotgan masalalar bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida Aktam Xaitov Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan yangi qonunlar, jumladan, yer uchastkalariga bo‘lgan mulk va ijara huquqini e’tirof etishga qaratilgan qonunning mazmun-mohiyatini atroflicha tushuntirdi. Mazkur qonun bilan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etishning aniq tartibi belgilanayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek Vazirlar Mahkamasining joriy yil 16 aprel kuni imzolangan “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati va unda belgilab berilgan dolzarb vazifalar yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.

Muloqotda davlatimiz rahbari tomonidan selektor yig‘ilishlarida hamda tashriflari davomida hududlarni ijtimoiy-istisodiy rivojlantirish borasida belgilab berilayotgan vazifalar ijrosini ta’minlashda yanada faollik talab qilinishi, fuqarolar bilan doimiy muloqotda bo‘lishi, muammo va takliflarini tegishli tashkilotlar orqali hal qilib borish lozimligi ta’kidlab o‘tildi.

Uchrashuv davomida deputatlarning ham takliflari, fikr-mulohazalari tinglandi.

 

 

  • Ko'rildi
    35
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+