Mahalladagi xotin-qizlarning muammo va takliflari o‘rganildi

01.03.2024, 22:01

Mahalladagi xotin-qizlarning muammo va takliflari o‘rganildi

O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi “Ayollar qanoti” hamda Mirobod tuman Kengashi hamkorligida mahalla xotin-qizlari ishtirokida muloqot tashkil qilindi.

Tadbirda so‘z olgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Gulshana Xudayorova “O’zbekiston – 2030” strategiyasi asosida qabul qilingan joriy yilga davlat dasturida xotin-qizlarning jamiyatdagi faoligini oshirish, bandligi ta’minlash, turli kasb-hunarlarga o‘qitish, kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshiriladigan ishlar belgilab olinganiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Bu borada Mirobod tumanida ham xotin-qizlarni barcha yo‘nalishda qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

Tadbirda mahalla xotin-qizlari o‘z fikrlari va takliflari, muammolarini aytib o‘tdi.

  • Ko'rildi
    63
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+