Qoratepalik Matluba opa tomorqasidan har yili 30 million so‘m daromad qilmoqda

09.04.2024, 19:49

Qoratepalik Matluba opa tomorqasidan har yili 30 million so‘m daromad qilmoqda

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi “Ayollar qanoti” guruhi hamda Qarshi tuman kengashi hamkorligida tumandagi Qoratepa mahallasida “Namunali tomorqachi ayol - farovonlik bunyodkori” loyihasi doirasida ishsiz xotin-qizlar ishtirokida mahorat darsi tashkil qilindi.

Dastlab oilaviy tadbirkor Matluba Qodirovaning xonadonida tashkil etilgan issiqxona faoliyati bilan tanishildi. Tomorqa egasi mahalladosh xotin-qizlarga o‘zining tajribasi haqida batafsil so‘zlab berdi. 4 sotixlik yerda 6 kishi ish bilan taʼminlangan ekan. Turmush o‘rtog‘i Baxtiyor Annayev, o‘g‘li Nodir va kelini bilan yil davomida issiqxonada mahsulot yetishtirish bilan shug‘ullanishib, 20-30 million atrofida daromad qilishar ekan.

 

Viloyat kengashi raisining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, viloyat kengashi deputati Ismigul Xushmurodova, Qoratepa mahallasi xotin-qizlar faoli Hilola O‘roqova hamda tuman kengashi “Ayollar qanoti” faollari hamda ishsiz xotin-qizlar ishtirokidagi tadbirda tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, issiqxonada pomidor bodring, sitrus mevalar yetishtirish, tomchilatib sug‘orish texnologiyasini yo‘lga qo‘yish,  xotin-qizlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish borasidagi partiyaviy loyihalarni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi. 

  • Ko'rildi
    30
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+