Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga eʼtibor yana-da kuchaygan

31.03.2024, 10:51

Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga eʼtibor yana-da kuchaygan

O‘zLiDeP Zomin tumani bo‘limi tashabbusi bilan “Ayol-yuksak maʼnaviyat sohibasi” loyihasi doirasida davra suhbati tashkil etildi.

Maʼlumki, «O‘zbekiston — 2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash  yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturining “Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish” yo‘nalishi 25-maqsadida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni taʼminlash borasidagi maqsad va vazifalar ham belgilab berilgan.

«Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat» shiori ostida oilalar farovonligi va barqarorligini taʼminlash, oilalarni mustahkamlash, masʼuliyatli ota-onalik g‘oyasini singdirish, nizoli oilalardagi muhitni sog‘lomlashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va ularning farzandlarini qo‘llab-quvvatlash  borasidagi vazifalar shular jumlasidan.

Zominda deputatlar, partiya faollari va boshqa hamkor tashkilot vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirda ushbu vazifalarni tumanda amalga oshirishda xotin-qizlarning faolligini oshirish masalasi atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, xotin-qizlarni yon-atrofimizda yuz berayotgan turli buzg‘unchi yot g‘oyalardan asrash, ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirish, ishlash va boshqa maqsadlarda chet elga chiqib ketayotgan xotin-qizlar bilan  maqsadli uchrashuvlar olib borish, mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini saqlash, kasbga o‘qitish va bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni taʼminlash borasida olib borilayotgan islohotlarni tizimli davom ettirish masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Tadbirda ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar umumlashtirilib, hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar belgilab olindi.

Baxtiyor Jontursunov,

O‘zLiDeP Zomin tuman bo‘limi apparat rahbari

  • Ko'rildi
    38
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+