Ishbilarmon ayollar saralanmoqda

21.04.2024, 13:39

Ishbilarmon ayollar saralanmoqda

O’zLiDeP tomonidan har yili an’anaviy ravishda o‘tkazilib kelinayotgan “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanloviga start berildi. Aytish kerakki, mazkur tanlovning bu yilgi saralash bosqichlari biroz o‘zgacharoq formatda tus oldi. Ya’ni bu yil uning mahalla bosqichi ham joriy qilindi.

Ayni paytda Surxondaryo viloyatidagi barcha tumanlardagi mahallalarda ham ishbilarmon ayollarning faoliyatini o‘rganishga kirishildi.

Xususan, Termiz tumanidagi "Qo‘ng‘irot" mahallasida tanlovning mahalla bosqichi tashkil etilib, partiya vakillari, “Ayollar qanoti” va hakamlar hay’atidan iborat jamoa hududda istiqomat qiluvchi  tadbirkor Sevara Tursunovaning xonadonida bo‘lishdi. Ular bu yerdagi issiqxonada yetishtirilayotgan mahsulotlarni ko‘zdan kechirishdi.

4 sotix yerga 33 million so‘mlik imtiyozli kredit evaziga issiqxona tashkil etgan Sevara Tursunova bugun u yerda pomidor, bodring kabi poliz mahsulotlarini yetishtirmoqda. Daromadi ham yomon emas. Xonadon sohibasi issiqxona orqasidan kelgan daromad yordamida kreditni muddatidan ilgari to‘laganligini ta’kidladi.

Hakamlar hay’ati mahalladagi boshqa tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlarning faoliyatini ham o‘rganishib, keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritadigan g‘olibni saralab olishdi.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    28
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+