O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” loyihalari orqali ishsiz xotin-qizlar tadbirkor bo‘lyapti

09.04.2024, 19:52

O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” loyihalari orqali ishsiz xotin-qizlar tadbirkor bo‘lyapti

O‘zLiDeP Navoiy shahar Kengashi “Ayollar qanoti” faoli, “Durdona javohirlari” oilaviy korxonasi rahbari Gavhar Egamova “Bunyodkor ayollar” loyihasi doirasida ishsiz xotin-qizlarga mahorat darsi tashkil etdi.

Dastlab 1 nafar ayol bilan ish boshlagan tadbirkor bugungi kunda o‘z faoliyatini kengaytirib 30 nafarga yaqin xotin-qizlarni doimiy va mavsumiy ish bilan ta’minladi. Tadbirkor “Yangi obod” MFY ma’sullari bilan birgalikda 500 nafar ishsiz, uyda o‘tirgan xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish, ularning malakasini oshirish, bandligini ta’minlash hamda doimiy daromad manbaiga ega qilish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil etib kelmoqda. 

Shuningdek, tadbir davomida O’zLiDePning dasturiy maqsad va vazifalari, partiya “Ayollar qanoti” loyihalari to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi hamda tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlariga ko‘maklashishda “Bunyodkor ayollar” loyihasining  ahamiyati katta ekanligi ta’kidlandi.

  • Ko'rildi
    34
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+