Ishonchli vakil xatirchilik saylovchilarga dasturning mazmun-mohiyatini tushuntirdi
18.10.2021, 16:18
Jamiyatning bebaho boyligi bo‘lgan inson qadri Prezidentlikka nomzod Sh.Mirziyoyevning kelgusi besh yillik uchun davlat dasturidagi asosiy mazmun –mohiyatga aylangani bejizga emas.
Zero, rivojlanish va taraqqiyotga inson mehnati va kuchi bilangina erishiladi.
Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili Q.Sanaqulovning xatirchiliklar bilan saylovoldi uchrashuvi ayni shu mavzuga bag‘ishlandi.
Nomzodning saylovoldi dasturi bilan bir qatorda Navoiy viloyati, chunonchi, Xatirchi tumaniga e’tibori xususida to‘lqinlanib so‘z yuritar ekan, ishonchli vakil tumanda ilm-fan tomonlama juda yaxshi rivojlanish ketayotganini e’tirof etdi.
Shuningdek, qariyb 200 ming nafar aholi istiqomat qilib kelayotgan Xatirchi asosan, qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashganligidan kelib-chiqib, meva-sabzavotchilik, paxtachilik va g‘allachilik klasterlari tashkil etilgani va “daladan-dasturxongacha” yaxlit tizim yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi.
Uchrashuv davomida Xatirchining kechagi va ertangi kuni borasida fikrlar bildirildi va takliflar kiritildi.
Po‘lkan baxshi vorislari bo‘lgan baxshi bolalarning Prezidentlik sayloviga chaqiriq ruhida ijro etgan aytimlari esa uchrashuvga ruh bag‘ishlab, yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
M.Pirnafasova,
O’zLiDeP Navoiy viloyati kengashi
matbuot kotibi
O'xshash yangiliklar
-
Deputat mahalla yettiligi faoliyatini tanqidiy o‘rgandi
16.05.2024, 13:05
-
Oila - muqaddas va ulug‘ dargoh
16.05.2024, 12:38
-
Deputat ehtiyojmand oilalarga quvonch ulashdi
16.05.2024, 12:34
-
Monomarkaz — kasbga tayyorlashning samarali yo‘li
16.05.2024, 12:23
-
Ipak qurti boqsangiz mehnat stajiga ega bo‘lasiz va nafaqa olishingiz mumkin
16.05.2024, 12:11
Fikringizni qoldiring