Ishonchli vakil Navoiyda energetik-muhandislar bilan muloqot qildi

18.10.2021, 16:21

Ishonchli vakil Navoiyda energetik-muhandislar bilan muloqot qildi

Prezident sayloviga yaqin qolayotgan ayni kunlarda ham nomzodlar hamda ularning ishonchli vakillari bilan saylovchilar o‘rtasida saylovoldi uchrashuvlar davom etmoqda.

Shu munosabat bilan Prezidentlikka nomzod Sh.Mirziyoyevning ishonchli vakili Q.Sanaqulov Navoiy issiqlik elektr stansiyasida bo‘ldi.

Soha fidoiylari, energetik-muhandislar va yoshlar ishonchli vakilni qizg‘in kutib olishdi.

Q.Sanaqulov Sh.Mirziyoyevning viloyat aholisiga, xususan  navoiylik energetiklarga  bo‘lgan samimiy e’tibori va ehtiromini bayon etdi.

Shuningdek, nomzod dasturidan joy olgan o‘n yo‘nalish va kelgusi besh yillikda viloyatda bajariladigan ishlarga, jumladan shu stansiyada amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, faoliyatini boshlagan yangi bug‘-gaz majmuasi va boshqa ob’ektlarga to‘xtaldi.

Yaqin yillargacha xalqimizni qiynab kelgan elektr ta’minotidagi uzilishlarga qisqa fursatda barham berilishi, mamlakatimiz energetika sohasida umumiy qiymati qariyb 1,5 milliard dollar bo‘lgan 1 ming 700 mega Vattli 6 ta loyiha amalga oshirilayotgani, kelgusi 5 yillikda qiymati 6,5 milliard dollar bo‘lgan yana 19 ta loyiha hisobidan qo‘shimcha ravishda 11 ming 500 mega Vatt yangi quvvatlar ishga tushirilishi, elektr energiyasini hududlarga yetkazish uchun 500 va 220 kilovoltli 3 ming kilometr yangi elektr tarmoqlari, zamonaviy texnologiyalarga asoslangan quyosh fotoelektr stansiyalari barpo etilishi energetika taraqqiyotida yangi davrni boshlab kelayotganini aytdi.

Aholi va sanoatning soat sayin o‘sib borayotgan ehtiyojini barqaror energiya bilan ta’minlaydigan 100 Mega-Vattli birinchi quyosh foto elektro stansiyasining Karmana hududida ishga tushirilgani, 2023 yilgacha esa viloyatda “Masdar” kompaniyasi bilan hamkorlikda 500 megaVattli shamol stansiyasi  va “FANES GROUP” ishtirokida 200 megaVattli quyosh stansiyasi ham ishga tushirilishi haqida bildirdi.

Navoiy issiqlik elektr stansiyasi misolida ham 2019 yilda xorijiy hamkorlar bilan quvvati 450 MegaVatt bo‘lgan 2-bug‘-gaz majmuasi ishga tushirilgani, 2024 yilgacha yana quvvati 650 MegaVatt bo‘lgan 3-bug‘-gaz majmuasini ishga tushirish loyihasini amalga oshirish jadal davom etayotgani korxona taraqqiyoti uchun yangi sahifa ochganini ta’kidladi.

O’z fikrlarini bildirish uchun muhandis va yoshlar vakillari so‘zga chiqishib, ishonchli vakilga hamfikr ekanliklarini bildirishdi. “Yashil enrgetika”ga o‘tish davrida yanada faollashib, mana shu dasturni to‘liq amalga oshishida o‘z hissasini qo‘shajaklarini aytishdi.

M.Pirnafasova,

O’zLiDeP Navoiy viloyati

matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    270
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+