Partiya hududiy kengashlari qoshida faxriylar kengashi tashkil etilmoqda

15.12.2021, 12:19

Partiya hududiy kengashlari qoshida faxriylar kengashi tashkil etilmoqda

Yurtimizda yoshi ulug‘ insonlar, mehnat faxriylariga alohida hurmat-ehtirom ko‘rsatib kelinadi. Ularning hayotiy tajribalaridan saboq olish kelajagimiz egalari bo‘lmish yoshlarimizning porloq kelajagini ta’minlashga xizmat qiladi. Darhaqiqat, yoshlar Vatanimiz kelajagining egalari, yoshi ulug‘ faxriylar esa bugungi osuda, farovon va tinch hayot kechirishimizga bevosita xizmatlari singgan mo‘‘tabar insonlardir.

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashining viloyat va tuman (shahar) partiya tashkilotlari qoshida "Faxriylar Kengashi" tuzish uchun ta’sis yig‘ilishlari o‘tkazilmoqda. Partiyaning Andijon tuman Kengashi  qoshida 9 nafar partiyaning faol faxriylaridan iborat "Faxriylar Kengashi" tashkil etildi.

- Partiya qoshida tuzilgan "Faxriylar Kengashi" faoliyatining asosiy maqsadi partiya faxriylarining ijtimoiy faolligini kuchaytirish, davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish borasidagi faoliyatini olib borishda ko‘maklashish, tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga partiya pozitsiyasidan kelib chiqib takliflarni tayyorlash, partiya Kengashlari tomonidan o‘tkazilayotgan ommaviy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlarning amalga oshirilishiga ko‘maklashishdan iborat, - deydi O’zLiDeP Andijon viloyat kengashi bo‘lim mudiri Shuhratbek Turg‘unov.

Partiyaning ta’sis yig‘ilishlari joylarda davom etmoqda.

  • Ko'rildi
    224
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+