Faxriylar Kengashi a’zolari mahalla faollari bilan muloqot qildi
08.01.2022, 12:09
O’zLiDeP Guliston shahar Kengashi huzuridagi Faxriylar kengashi a’zolari “Bo‘ston” MFYdagi mahalla faollari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Faxriylar kengashining raisi Abdujabbor Jo‘rayev faxriylarni mahallaning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va ularni ijtimoiy faoliyatga jalb etishga ko‘maklashish, keksalar uchun ularning yoshini hisobga olgan holda turli ijtimoiy-madaniy tadbirlar, telemarafonlar, maxsus sport musobaqalari, keksa yozuvchilar, can’at vakillari va ijodiy ziyolilarning boshqa vakillarini taklif etgan holda ijodiy kechalar tashkil etishga ko‘maklashish Faxriylar kengashining asosiy vazifalaridan ekanligini ta’kidladi.
-Bizdagi tajriba-hayot sinovlaridan o‘tgan, - dedi Abdujabbor Jo‘rayev. - Mahalladagi faxriylarning boshini biriktirib, muammoli masalalarda tajribamizdan foydalanishingiz uchun doim tayyorligimizni aytmoqchiman.
- Albatta sizlar singari tajribali, fidoiy insonlarga har doim ehtiyojimiz bor, - deydi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Oybek Mamadaliyev. - Mahallaning turish-turmushi oila va munosabatlardan iborat. Ayniqsa, yoshlarni hayotga tayyorlashda, ularni to‘g‘ri yo‘l tanlashida ko‘mak berishda siz singari faxriylarga tayanamiz.
Uchrashuv mobaynida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, tinchlik va osoyishtalikka rahna soluvchi illatlarga qarshi kurash uchun “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inining O’zLiDeP Guliston shahar Faxriylar Kengashi bilan ishlash takliflari ma’qullandi.
O’zLiDep Sirdaryo viloyati Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Qitʼa ayollarini birlashtirgan anjuman
14.05.2024, 19:40
-
Mingdan ortiq shogird tarbiyalagan ishbilarmon Madina Kasimbayeva tanlov g‘olibi bo‘ldi
14.05.2024, 14:07
-
O’zbekistonda xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlari kengaymoqda
14.05.2024, 13:57
-
Очередная встреча делегации УзЛиДеП в Китае
10.05.2024, 16:45
-
Делегация УзЛиДеП вылетела в Китай
08.05.2024, 19:31
Fikringizni qoldiring