O`zLiDeP Andijon viloyat Kengashi qoshida Faxriylar Kengashi ish boshladi
08.01.2022, 15:54
O`zLiDeP Andijon viloyat Kengashi qoshidagi Faxriylar Kengashining ta’sis yig‘ilishi o‘tkazildi. Tadbirda partiya tizimida uzoq yillar mobaynida faoliyat yuritgan, hozirda ham ish olib borayotgan ustoz safdoshlarimiz, shuningdek, davlat boshqaruvi vakillik organlarida ishlab katta mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, sobiq deputatlar, nuroniylar va partiya viloyat Kengashi apparat xodimlari, OAV vakillari ishtirok etishdi.
Ta’sis yig‘ilishini O`zLiDeP Andijon viloyat Kengashi raisi Xalilova Xurshidaxon olib bordi. U o‘z so‘zida yurtimizda yoshi ulug‘ insonlar, mehnat faxriylariga alohida hurmat-ehtirom ko‘rsatib kelinayotgani, ularning hayotiy tajribalaridan saboq olish kelajagimiz egalari bo‘lmish yoshlarimizning porloq kelajagini ta’minlashga xizmat qilishini alohida ta’kidladi.
Mazkur tadbirda partiyaning yangi avlodiga o‘rnak sifatida kengash raisi va a’zolari saralab olindi. Ko‘p yillik partiyaviy tajribasi, aholi orasida o‘zining namunali xulqi bilan obro‘-e’tibor qozongan va salohiyatidan kelib chiqib, Manzuraxon Egamova O'zLiDeP Andijon viloyati kengashi qoshidagi Faxriylar kengashi raisi etib saylandi.
O'xshash yangiliklar
-
Madaniyat — xalqimiz, jamiyatimiz qiyofasi
18.05.2024, 16:04
-
Eng faollari saralanyapti
18.05.2024, 15:16
-
100 nafar xotin-qizni ishli qilgan tadbirkor ayol tanlovning mahalla bosqichi g‘olibi bo‘ldi
18.05.2024, 15:03
-
Shahrisabz tumanidagi 21 ta mahallasining ishbilarmon ayollari o‘zaro bellashdilar
18.05.2024, 14:24
-
Choponlikda tengi yo‘q xotin-qizlar baxslashdilar
18.05.2024, 13:57
Fikringizni qoldiring