Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni

12.01.2022, 12:20

Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni

O‘zLiDeP Boyovut tuman Kengashi tuman Vatanparvar tashkilotida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab tadbir tashkil etdi.  

- Bugungi kunda mamlaktimiz mudofaasida harbiy qismlarida xizmat qilayotgan Vatan himoyachilari mard o‘g‘lonlarimiz yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini saqlashda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Sizlar ham Vatanini va oilasini himoya qilayotgan mardlarsiz, - dedi O‘zLiDeP Boyovut  tuman Kengashi apparati rahbari M.Dadayeva. - O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda 14 yanvar Vatan himoyachilari kuni barcha yigitlarning, xususan ularning ota-bobolarining ham bayramidir.

Tadbirda yigitlar o‘rtasida merganlik musobaqasi o‘tkazildi. G’oliblarga O‘zLiDeP Boyovut tuman Kengashining esdalik sovg‘alari topshirildi.

    OʼzLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    3894
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Marjona2022-01-13 12:50:44

Bayram bilan butun Õzbekiston ahlini bayram bilan tabrikliman!...


Fikringizni qoldiring

+