Vatan himoyasi yo‘lida xizmat qilish - eng oliy saodatdir
14.01.2022, 10:02
Bugun mamlakatimizda 14 yanvar – “Vatan himoyachilari kuni”ni milliy bayram sifatida katta tantana bilan nishonlash o‘ziga xos an’anaga aylangan. Bu bejiz emas, albatta. Vatan himoyachilari kuni bayramining har yili umumxalq bayrami tarzida keng nishonlanishi zamirida xalqimizning o‘z himoyachilariga bo‘lgan yuksak ishonchi turibdi. Xalq farovonligi tinchlik va osoyishtalik bilan chambarchas bog‘liq.
Shu ma’noda O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tashabbusi bilan xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi deputatlari, O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, partiya qoshidagi “Faxriylar kengashi” tomonidan “Vatan himoyasi yo‘lida xizmat qilish - eng oliy saodatdir” mavzusida bayram tadbiri tashkillashtirildi.
Bayram tadbirini partiya viloyat Kengashi raisi Xurshidaxon Xalilova ochib berdi va u o‘z so‘zida milliy armiyamizning tashkil topish tarixi, o‘tgan yillar davomida hukumatimiz tomonidan Qurolli Kuchlarga qaratilayotgan e’tibor, qisqa muddat ichida professional armiyamiz shakllanganligi, harbiylarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, shuningdek inson qadrini ulug‘lash bosh maqsadimiz ekanligini alohida ta’kidladi.
Bir piyola choy ustida tashkil etilgan mazkur tadbirda faxriylarimiz, deputatlar, faol yoshlar, partiya viloyat kengashi apparat xodimlari bayram munosabati bilan ulug‘landilar.
O'xshash yangiliklar
-
Jizzaxlik mutasaddining hisoboti tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi
17.05.2024, 10:55
-
Deputat mahalla yettiligi faoliyatini tanqidiy o‘rgandi
16.05.2024, 13:05
-
Oila - muqaddas va ulug‘ dargoh
16.05.2024, 12:38
-
Deputat ehtiyojmand oilalarga quvonch ulashdi
16.05.2024, 12:34
-
Monomarkaz — kasbga tayyorlashning samarali yo‘li
16.05.2024, 12:23
Fikringizni qoldiring