Nukusda hokim yordamchilari O’zLiDePga a’zo bo‘ldi
07.02.2022, 14:50
Xabaringiz bor, joriy yilning 10 yanvardan boshlab O’zbekistonning barcha mahallalarida hokim yordamchilari o‘z faoliyatini boshladi.
Ular mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bilan shug‘ullanishadi.
O’zbekiston Respublikasi bo‘yicha barcha mahallalarda 9 mingdan ziyod hokim yordamchilari o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lsa, shundan Qoraqalpog‘iston Respublikasida 424 nafar hokim yordamchilari faoliyat olib bormaqda.
O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan Nukus shahridagi mahallalarda ish boshlagan hokim yordamchilari bilan uchrashuv tashkil qilindi.
Hokim yordamchilari aholi bilan har kuni ishlab, odamlarga davlat tomonidan yaratilgan moliyaviy imkoniyatlarni yetkazishi, tadbirkorlikka va dehqonchilikka o‘rgatish orqali ularni kambag‘allikdan chiqarish kabi katta mas’uliyatli vazifa yuklatilganligini ta’kidlab o‘tdi.
Davlatimiz rahbarining ta’biri bilan aytganda hokim yordamchilari – Prezidentning mahalladagi vakillari hisoblanadi.
Hokim yordamchilari bilan ochiq muloqotda partiya bilan hamkorlikda ish olib borish, ayniqsa mahallada aholini tadbirkorlikka keng jalb etish, shu orqali ularning bandligini ta’minlash, partiyaning g‘oyaviy maqsad va vazifalariga hamohangligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Muloqot davomida Nukus shahridagi mahallalardagi hokim yordamchilari partiya safiga qabul qilindi va a’zolik guvohnomalari topshirildi.
O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Nukuslik ishbilarmon ayollar mahalla kesimida bellashdi
21.05.2024, 10:40
-
Xususiylashtirish jarayonlarining ochiq va oshkoraligi ta‘minlanadi
21.05.2024, 09:15
-
Keng qamrovli hamkorlik darajasiga erishish yo‘lida
20.05.2024, 11:52
-
Madaniyat — xalqimiz, jamiyatimiz qiyofasi
18.05.2024, 16:04
-
Eng faollari saralanyapti
18.05.2024, 15:16
Fikringizni qoldiring