Partiya “Ayollar qanoti” faollari e’zozlandi
04.03.2022, 12:12
Ayolning nafosati va nazokati, vafo va sadoqati, aql-zakovati va fidoiyligi asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligi va abadiyligiga asos bo‘lib kelgan. Shu bois ham dunyodagi eng buyuk san’at asarlari, qo‘shiq va qasidalar, me’moriy obidalar ayollar sha’niga bag‘ishlangandir.
Yurtimizda yosharish – yangilanish fasli bahor bayramlar bilan boshlanadi. Bahorning ilk bayrami 8 Mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosaabati bilan O'zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tomonidan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda O'zLiDeP Samarqand viloyat, tuman va shahar Kengashlari faol ayollari, partiya Faxriylar kengashlari faxriy ayollari, partiya deputatlari, boshlang‘ich tashkiloti raislari ishtirok etdi.
Nafosat va nazokat bayramida so‘zga chiqqanlar bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarda xotin-qizlarning ham mehnati mavjud ekanligi, xotin qizlarimizning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rnining oshib borayotganligi, davlatimiz tomonidan faol xotin - qizlarning barcha sohalarda qo‘llab-quvvatlayotganligi, shu bilan bir qatorda og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, boquvchisini yo‘qotgan, yolg‘iz yashayotgan ayollarimizga ham doim e’tibor berib kelinayotganligi tahsinga sazovor ekanligi xususida fikrlarni bildirishdi.
Bayram tadbirida xotin-qizlarga partiya viloyat Kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Jahongir Xo‘jamqulov,
O'zLiDeP Samarqan viloyat Kengashi
bo‘lim mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Uyda o‘tirgan holda daromadli bo‘lishni istaysizmi?
17.05.2024, 12:28
-
Samarqand shahri Qorasuv massividagi 1680 o‘rinli maktabning qurilish ishlari nega to‘xtab qolgan?
17.05.2024, 12:16
-
Pilla xarid narxi 25 foizga oshirildi
17.05.2024, 12:02
-
Jizzaxlik mutasaddining hisoboti tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi
17.05.2024, 10:55
-
Deputat mahalla yettiligi faoliyatini tanqidiy o‘rgandi
16.05.2024, 13:05
Fikringizni qoldiring