Cho‘ponobodga transformator kerak
30.03.2022, 16:54
Cho‘ponobod ko‘chasi Jarqo‘rg‘on tumanidagi «Eskiqishloq» mahallasining eng chekka hududi hisoblanadi. Biroz olisroq hududda elektr energiyasida doimiy uzilishlar kuzatiladi. Buning ustiga elektr energiyasi kuchlanishi ham juda past. Hudud «Yangiariq» mahallasiga yaqinroq bo‘lgani bois, u yerdan 3 km masofaga elektr energiyasi liniyasi tortilsa, harna ko‘cha ahli bu uzilishlardan qutulgan bo‘lardi. Buning uchun esa 1 dona transformator hamda 60 dona simyog‘och o‘rnatish kerak. Masala shu yerga kelganda aholiga ko‘mak zarur.
Mahalladagi 10-umumta’lim maktabida O’zLiDeP Jarqo‘rg‘on tumani Kengashi deputati Botir Kenjayev hamda Qonunchilik palatasi deputati yordamchisi Sh.Ahmedovlar mahalla aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazishdi. Unda ushbu muammoli masala ko‘ndalang tashlandi. Deputat hamda yordamchi ushbu masalani Qonunchilik palatasi deputati F.Samatovga tegishli tartibda yetkazib, deputatlik so‘rovlari chiqarilishini ma’lum qildi.
Qabul davomida mahalla aholisining 20 ga yaqin murojaatlari tinglandi. Shu bilan birga, shu yilning may oyida bo‘lib o‘tadigan fuqarolar yig‘ini raislari sayloviga MFY dan qo‘yilayotgan 3 nafar nomzod bilan ham suhbatlashildi.
O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Deputat mahalla yettiligi faoliyatini tanqidiy o‘rgandi
16.05.2024, 13:05
-
Oila - muqaddas va ulug‘ dargoh
16.05.2024, 12:38
-
Deputat ehtiyojmand oilalarga quvonch ulashdi
16.05.2024, 12:34
-
Monomarkaz — kasbga tayyorlashning samarali yo‘li
16.05.2024, 12:23
-
Ipak qurti boqsangiz mehnat stajiga ega bo‘lasiz va nafaqa olishingiz mumkin
16.05.2024, 12:11
Fikringizni qoldiring