Parkentlik hokim yordamchilari partiya safiga qo‘shildi

10.05.2022, 16:16

Parkentlik hokim yordamchilari partiya safiga qo‘shildi

Hokim yordamchilari institutiga asos solingani mamlakatda aholi turmushini yaxshilashga xizmat qiluvchi lavozim bo‘ldi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

Yurtimizda yo‘lga qo‘yilayotgan “Mahallabay” ishlash tizimi tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining daromadi va xarid qobiliyatini oshirish, ishsizlik darajasi yuqori bo‘lgan mahallalar bilan manzilli ishlash va ularning “o‘sish nuqtalari”ni hayotga tatbiq etishda yaxshi samara bermoqda.

Mana shu “mahallabay” ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, xususan, “Mahalladan chiqmay turib barcha xizmatlardan foydalanish” tamoyili asosida davlat tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar taqdim etilishiga imkon yaratish maqsadida o‘z faoliyatini yurituvchi bir guruh hokim yordamchilari partiyamiz safiga qo‘shildi.

O’zLiDeP Parkent tuman Kengashi tomonidan “Hokim yordamchilari markazi”da o‘tkazilgan tantanali marosimda O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi bo‘lim mudiri, Xalq deputatlari tuman Kengashidagi deputati Baxtiyor Ruxitdinov, partiya tuman Kengashi apparat rahbari Komil Islomov hamda “Hokim yordamchilari markazi” xodimlari, hududdagi mahallalarda faoliyat yurituvchi hokim yordamchilari ishtirok etishdi.

 Tadbirda partiyaga qabul qilinganlarga a’zolik guvohnomalari topshirildi.

Ularning “xonadonbay” so‘rovlar o‘tkazish orqali mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish “portreti”ni ishlab chiqish, mahallaning ixtisoslashuvi va “o‘sish nuqtalari”dan kelib chiqqan holda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish choralarini ko‘rish, ishsiz aholini kasb-hunarga o‘qitish, ishga joylashish istagini bildirgan ishsizlar bandligini ta’minlash va aholini o‘zini o‘zi band qilishga ko‘maklashish kabi mas’uliyatli ishlariga omad va zafarlar tiladi.

Marosimda yangi boshlang‘ich partiya tashkiloti ham tashkil etildi. “Hokim yordamchilari markazi” nomi ostida tashkil etilgan BPTga markazning intiluvchan, tashabbuskor, o‘z siyosiy pozitsiyasi va mustaqil fikriga ega xodimi Gavhar Qoraboyeva rais etib saylandi.

Shunday qilib, partiyamiz safi oliy ma’lumotli, iqtisodiyot sohasida kamida 2 yil mehnat stajiga ega bo‘lgan, hududning shart-sharoitini yaxshi biladigan, tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning biznes loyiha va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tajribasiga ega bo‘lgan 54 nafar yangi a’zolar bilan boyidi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    864
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+