Bosh qomusimizni takomillashtirishda keng aholi qatlami vakillari o‘z takliflari bilan faol ishtirok etmoqda

09.06.2022, 17:16

Bosh qomusimizni takomillashtirishda keng aholi qatlami vakillari o‘z takliflari bilan faol ishtirok etmoqda

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi hamda Samarqand tuman hokimligi hamkorligida “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini takomillashtirish bo‘yicha tuzilgan milliy komissiya hamda konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirishda O’zLiDePning ishtiroki” mavzuida tadbir tashkil etildi.

Davra suhbatida O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi raisining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, ishchi guruh a’zosi Jamila Sayfiddinova joriy yilning 20 may kuni Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi Kengashlarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tganligi, unda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va ko‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan milliy Konstitutsiyaviy komissiya tashkil etilganligi hamda Konstitutsiyaviy islohotlar jarayonini aholining keng  qatlamiga tushuntirish, Bosh Qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarda har bir O’zbekiston Respublikasi fuqarosi, yoshlar, ayollar ham fikr va takliflari muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etdi.

Qisqa qilib aytganda xalq fikrini o‘rganish asosida mamlakat konstitutsiyasini takomillashtirish yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi sifat darajasiga ko‘tarish, xalqimizning turmush farovonligini yanada oshirish, O’zbekistonning dunyodagi eng ilg‘or davlatlari qatoriga kirishiga ulkan imkoniyatlar yaratadi.

Manuchehr Sobirov,

O‘zLiDeP Samarqand tuman Kengashi

raisining birinchi o‘rinbosari – apparat rahbari

  • Ko'rildi
    375
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+