Konstitutsiyaviy islohotlar nuroniylar muhokamasida
29.06.2022, 17:29
Mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya qilish, ayniqsa, yolg‘iz keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarga har tomonlama ko‘mak berish, jamiyatimizdagi qator ijtimoiy va maishiy muammolarni barataraf etishda nuroniylarning bilim va boy hayotiy tajribasidan samarali foydalanish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biriga aylanib bormoqda.
Ayniqsa, keksa avlod vakillarining ijtimoiy faolligini oshirish, ularga hurmat-e’tibor va mehr-oqibat ko‘rsatish, salomatliklarini asrash, turmush sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida so‘nggi yillarda davlatimizning mavjud me’yoriy-huquqiy bazasi yanada takomillashib, qator qonunchilik hujjatlari ishlab chiqildi.
To‘raqo‘rg‘on tumani madaniyat markazida nuroniylar hamda yoshlar vakillari ishtirokida tashkillangan yig‘ilishda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi vakili Abdujalil Umarov shu xususda fikr yuritdi.
Viloyat mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Oliy Majlis Senati a’zosi Ikromxon Najmiddinov ayni kunlarda davom etayotgan Konstitutsiyaga o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritishga tayyorgarlik jarayonlariga to‘xtaldi. Aytib o‘tilganidek, hozirgacha 62 mingdan ortiq taklif kelib tushgani xalqimizning yurt taqdiriga befarq emasligidan dalolatdir.
Tadbir qatnashchilaridan bir guruhi so‘zga chiqib, o‘z mulohazalarini bildirib o‘tdilar.
O'xshash yangiliklar
-
Deputat mahalla yettiligi faoliyatini tanqidiy o‘rgandi
16.05.2024, 13:05
-
Oila - muqaddas va ulug‘ dargoh
16.05.2024, 12:38
-
Deputat ehtiyojmand oilalarga quvonch ulashdi
16.05.2024, 12:34
-
Monomarkaz — kasbga tayyorlashning samarali yo‘li
16.05.2024, 12:23
-
Ipak qurti boqsangiz mehnat stajiga ega bo‘lasiz va nafaqa olishingiz mumkin
16.05.2024, 12:11
Fikringizni qoldiring