Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi – xalqdir
29.06.2022, 17:44
Ayni kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari o‘zlari saylangan saylov okruglarida bo‘lib, aholi vakillari, yoshlar, faxriylar, turli soha vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazib kelmoqda.
Ana shunday muloqotlarning navbatdagisi Andijon shahridagi "Yangi hayot" MFYda bo‘lib o‘tdi. “Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi – xalqdir” mavzusida tashkil etilgan muloqot jarayonida xalq vakili Umidaxon Zokirova ishtirok etib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvidagi nutqi hamda “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining mazmun-mohiyati va konstitutsiyaga kiritilayotgan qo‘shimcha o‘zgartishlar to‘g‘risidagi masalalar xususida atroflicha ma’lumot berdi.
Tadbir ishtirokchilari o‘z takliflarini va fikr-mulohazalarini bildirdilar. Uchrashuv savol-javoblar bilan ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
O'xshash yangiliklar
-
Deputat mahalla yettiligi faoliyatini tanqidiy o‘rgandi
16.05.2024, 13:05
-
Oila - muqaddas va ulug‘ dargoh
16.05.2024, 12:38
-
Deputat ehtiyojmand oilalarga quvonch ulashdi
16.05.2024, 12:34
-
Monomarkaz — kasbga tayyorlashning samarali yo‘li
16.05.2024, 12:23
-
Ipak qurti boqsangiz mehnat stajiga ega bo‘lasiz va nafaqa olishingiz mumkin
16.05.2024, 12:11
Fikringizni qoldiring