Konstitutsiyaviy islohotlarda tadbirkorlik daxlsizligi kafolatlanmoqda
04.07.2022, 14:34
O’zLiDeP Namangan shahar Kengashi qoshidagi "MYeXMASh" mas’uliyati cheklangan jamiyatidagi boshlang‘ich partiya tashkiloti bilan hamkorlikda Konstitutsiyaviy islohotlar targ‘ibotiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Yig‘ilishda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64 ta moddasiga 200 dan ortiq o‘zgartishlar 6 ta yangi modda bilan 16 ta yangi norma kiritilayotganligi, insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta’minlash sohasidagi asosiy xalqaro standartlar; milliy qonunchilik, qadriyatlar va huquqni qo‘llash amaliyoti, o‘zbek davlatchiligining tarixiy tajribasi; ilg‘or xorijiy tajriba – 100 dan ortiq mamlakat konstitutsiyalari, ulardan 20 tasi so‘nggi 5 yilda qabul qilinganligi gapirildi.
Deputat S.Gapparova Konstitutsiyaviy tuzatishlar, birinchi navbatda, jamiyatning turli ijtimoiy qatlamlariga mansub bo‘lgan fuqarolarning muayyan shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik huquqlari hamda manfaatlarini kafolatli tarzda ta’minlashga, himoya qilishga qaratilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan normalarga aylanishini ta’kidlab o‘tdi.
Yig‘ilish yakunida korxona xodimlari tomonidan aniq takliflar berildi.
O'xshash yangiliklar
-
Deputat mahalla yettiligi faoliyatini tanqidiy o‘rgandi
16.05.2024, 13:05
-
Oila - muqaddas va ulug‘ dargoh
16.05.2024, 12:38
-
Deputat ehtiyojmand oilalarga quvonch ulashdi
16.05.2024, 12:34
-
Monomarkaz — kasbga tayyorlashning samarali yo‘li
16.05.2024, 12:23
-
Ipak qurti boqsangiz mehnat stajiga ega bo‘lasiz va nafaqa olishingiz mumkin
16.05.2024, 12:11
Fikringizni qoldiring