Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamalari yoshlar o‘rtasida qizg‘in davom etayapti
08.07.2022, 15:29
O`zLiDeP Bekobod tuman Kengashi tarkibidagi “Bo‘ston MFY” BPTda “Yangilanayotgan Konstitutsiya, bu – bizlarning Konstitutsiyamiz!” mavzusida ochiq muhokama tadbiri o‘tkazildi.
Unda O`zLiDeP Bekobod tuman Kengashi mas’ul xodimlari, “Bo‘ston” MFY faollari va yoshlar vakillari ishtirok etishdi.
Ochiq muloqot tadbirida so‘z olgan partiya a’zosi, “Bo‘ston” MFY raisi Ikrom Raxmatov Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi muhokamalarida yoshlarning o‘rni borasida alohida to‘xtaldi.
O’zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvidagi nutqi mazmun-mohiyati to‘g‘risida ma’ruza qildi.
Davlatimiz rahbarining Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvdagi nutqida Yangi O’zbekiston bunyodkorlari bo‘lmish o‘g‘il-qizlarimizning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yish – dolzarb masala sifatida ko‘rilganini ta’kidladi.
Ayni shu maqsad ijrosi yo‘lida Konstitutsiyaning 41-moddasiga davlat iste’dodli yoshlarning moddiy ahvolidan qat’i nazar, ta’limni davom ettirishini kafolatlashi normasi kiritilayotgani e’tiborga molik ekanini qayd etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan yoshlar vakillari ham takomillashtirilayotgan Konstitutsiyada yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning o‘qishi, mehnat qilishi, bilim olishi va qobiliyatini namoyon etishi uchun barcha sharoitlarni yaratish dolzarb masala etib belgilanayotganini olqishlashdi.
Ochiq muhokama so‘nggida ishtirokchilarning mavzu doirasidagi savollariga batafsil javoblar berildi.
Zuxro Mirzohamdamova,
O`zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi
bo‘lim mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Madaniyat — xalqimiz, jamiyatimiz qiyofasi
18.05.2024, 16:04
-
Eng faollari saralanyapti
18.05.2024, 15:16
-
100 nafar xotin-qizni ishli qilgan tadbirkor ayol tanlovning mahalla bosqichi g‘olibi bo‘ldi
18.05.2024, 15:03
-
Shahrisabz tumanidagi 21 ta mahallasining ishbilarmon ayollari o‘zaro bellashdilar
18.05.2024, 14:24
-
Choponlikda tengi yo‘q xotin-qizlar baxslashdilar
18.05.2024, 13:57
Fikringizni qoldiring