Konstitutsiyaviy islohotlar: Mahallaning maqomi hamda davlat organlarining bu boradagi vazifalari aniq belgilab berilmoqda
08.07.2022, 15:45
Shu kunlarda «O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi ochiq xalq muhokamasida bo‘lib turibdi.
O’zLiDeP negizidagi turli tashkilotlar tomonidan joylarda tashkil etilayotgan ochiq muloqot tadbirlarida ham jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalarini qamrab olgan Qonun loyihasi xalq muhokamasiga taqdim etilmoqda.
Keng jamoatchilik, butun xalqimiz qatorida partiyaning quyi bo‘g‘ini hisoblanadigan BPT lar ham bu jarayonda faol ishtirok etishmoqda.
Partiya Toshkent tuman Kengashi tomonidan hududdagi 3-sektorda Xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, “Ozodlik”, “Xuvaydo”, “Iftixor”, “Oqibat”, “Axillik”, “Sag‘bon”, “Obodlik”, “Tinchlik”, “Uchsada”, “Qirariq” MFYlaridagi boshlang‘ich partiya tashkilotlari rahbar va faollari ishtirokida tashkil etilgan tadbirda Yangi O’zbekiston Bosh qomusi xalqimiz xohish-irodasining ifodasi bo‘lib, haqiqiy xalq Konstitutsiyasi sifatida takomillashtirilayotgani borasida so‘z bordi.
Mamlakat Konstitutsiyasini isloh qilishda xalq fikrining o‘rganilayotgani yurtimizda inson qadri yuksalayotganining yana bir isboti ekaniga urg‘u berildi.
Xususan, Konstitutsiyaning 32-moddasiga kiritilayotgan qo‘shimcha haqida atroflicha ma’lumot berildi. Jumladan, muqaddam Konstitutsiyada fuqarolar jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqiga egaligi, bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish yo‘li bilan ham amalga oshirilishi belgilangani, endilikda esa bu norma boyitilib, unda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish huquqiga ta’rif berilib, qaysi masalalar fuqarolar tomonidan mustaqil ravishda va qonun doirasida hal etilishi konstitutsiyaviy jihatdan belgilab berilayotgani sharhlab berildi.
Bu orqali Konstitutsiyada mahallaning maqomi hamda davlat organlarining bu boradagi vazifalari aniq belgilab berilayotganini ta’kidlandi.
Bunda mahallalarning davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmasligi, joylardagi mahalliy ahamiyatga molik masalalarni mustaqil hal etishi, buning uchun davlat organlari ularga ko‘mak ko‘rsatishiga oid tamoyillar asosida o‘z ishini tashkil etishi lozimligi aniq ko‘rsatilib, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari huquqiy asoslarini takomillashtirishga mustahkam tamal toshi qo‘yilganini uqtirdi.
Ochiq muloqot ishtirokchilari ham mazkur normaga kiritilayotgan yangi qo‘shimchani bir ovozdan qo‘llab-quvvatlashlarini bildirib, bu boradagi o‘z mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi.
Zuxro Mirzohamdamova,
O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi bo‘lim mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Madaniyat — xalqimiz, jamiyatimiz qiyofasi
18.05.2024, 16:04
-
Eng faollari saralanyapti
18.05.2024, 15:16
-
100 nafar xotin-qizni ishli qilgan tadbirkor ayol tanlovning mahalla bosqichi g‘olibi bo‘ldi
18.05.2024, 15:03
-
Shahrisabz tumanidagi 21 ta mahallasining ishbilarmon ayollari o‘zaro bellashdilar
18.05.2024, 14:24
-
Choponlikda tengi yo‘q xotin-qizlar baxslashdilar
18.05.2024, 13:57
Fikringizni qoldiring