Bosh Qomusimiz - an’ana va qadriyatlarimiz ifodasi

21.07.2022, 16:59

Bosh Qomusimiz - an’ana va qadriyatlarimiz ifodasi

Sirdaryo tumani maktabgacha ta’lim muassasasida O'zLiDeP Sirdaryo viloyati va tuman Kengashi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda "Bosh Qomusimiz - an’ana va qadriyatlarimiz ifodasi" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida O'zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi vakillari va muassasa xodimlari ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar ishtirokchilarga umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan Konstitutsiyaviy Qonun loyihasida taklif etilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati haqida to‘liq tushuntirish berib o‘tdilar.

So‘nggi yillarda yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, o‘zgarish va yangilanishlar to‘g‘risida to‘xtalib, ushbu islohotlarning barchasi inson qadrini yuksaltirishga qaratilganligi, barcha islohotlar xalqimizning farovon hayoti, ertangi kunining porloq bo‘lishi uchun amalga oshirilayotganligini ta’kidlashdi.

- Yurtboshimiz Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvlari chog‘ida barcha sohalar bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan o‘zgarishlar to‘g‘risida o‘z takliflarini bildirib o‘tdi. Ushbu takliflarning zamirida, shubhasiz, inson qadri va uni ulug‘lash eng asosiy mezon sifatida belgilangan. Shu munosabat bilan ushbu ahamiyatli jarayonda faol ishtirok etib, o‘z takliflarni berish zarurdir, - dedi – partiya faoli N.Rustamova.

Qizg‘in kechgan suhbat jarayonida davra suhbati tashkilotchilari barchani konstitutsiyaviy islohotlarga befarq bo‘lmaslik, o‘z taklif va mulohazalari bilan qonun loyihasi muhokamasida faol ishtirok etib, asosiy qonunimizni, chin ma’noda, “Xalq Konstitutsiyasi” bo‘lishida o‘z hissalarini qo‘shishga chaqirdi.

  • Ko'rildi
    216
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+