Mutolaa - fikrlashga o‘rgatadi

03.08.2022, 17:24

Mutolaa - fikrlashga o‘rgatadi

Angor tumani Axborot-kutubxona markazida OzLiDeP Angor tuman Kengashi Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ishchi guruhi tomonidan taraqqiyot strategiyasidagi 72-maqsadda nazarda tutilgan “Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish yo‘lida” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Unda OzLiDeP Angor tuman Kengashi apparat-rahbari A.Shoberdiyev aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda sohada yagona boshqaruv tizimini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida aytib o‘tdi.

Angor tumani Axborot-kutubxonasida 86 mingdan ziyod adabiyotlar mavjud bo‘lib, kutubxona fondi  yildan yilga boyitib borilmoqda. AKM rahbari G.Ahmedovaning tashabbusi bilan "Besh tashabbus" loyihasi doirasida o‘tkazilgan tadbirlar natijasida kitobxonlar soni o‘n bir yarim mingdan oshdi. Kitobxonlar uchun adabiyotlarning elektron shakli ham yaratilgan bo‘lib, ularning soni 878 taga yetdi. Elektron kitoblar ijtimoiy tarmoq orqali ham o‘quvchilarga taqdim etib kelinmoqda.

Ha, bugun ana shu sa’y-harakatlar natijasida kitobxon avlod shakllanmoqda. Bu esa ma’naviy-ma’rifiy ishlarning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilayotgani va mazkur yo‘nalishda to‘g‘ri siyosat olib borilayotganini bildiradi. Tadbirda shular xususida ham mulohaza yuritildi.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    371
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+