Oila tinchligi - yurt farovonligi

10.08.2022, 16:01

Oila tinchligi - yurt farovonligi

Sayxunobod tumanida "Oila tinchligi - yurt farovonligi" mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda O'zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi apparat rahbari Shoxista Bozorboyeva, Oila va xotin-qizlar bo‘limi rahbar, xodimlari, partiya faollari va hamkor tashkilotlar ishtirok etdi. 

Oila azal-azaldan muqaddas qo‘rg‘on sanalgan. Inson oilada dunyoga keladi, ulg‘ayib kamol topadi. Eng avvalo oila mustahkam, tinch bo‘lsa jamiyat barqaror bo‘ladi. Unib o‘sayotgan farzandlar har tomonlama barkamol bo‘lishiga imkon yaratiladi.

Mustaqillikning ilk kunlaridanoq oilaning jamiyatda tutgan o‘rnini yanada oshirish, uni huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ahloqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, oilada tibbiy madaniyatni shakllantirish, sog‘lom oila vujudga kelishi uchun barcha tashkiliy-huquqiy sharoitlarini yaratish bo‘yicha yurtimizda tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Shu maqsadda tashkil etilgan tadbirda malakali psixologlar, oila ilmi mutaxassislari, Oqila ayollar kengashi a’zolari oilaviy ajrimlarning oldini olish, xotin-qizlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy muhitni yuksaltirish, ajrim yoqasidagi oilalar va notinch oila a’zolari bilan suhbat olib bordi. Natijada shu kunning o‘zida 9 ta oilalar yarashtirildi.

Shundan so‘ng, oilalar o‘rtasida sportning shashka, stol tennisi, voleybol turlari bo‘yicha bellashuv tashkil etilib, faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

  • Ko'rildi
    1357
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+