Deputat yangi maktab ochilishida ishtirok etdi
08.10.2022, 10:54
Yunusobod tumani “Xasanboy” MFY hududida yangi qurilgan 354-sonli umumta’lim maktabi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Ravshan Fazilov ishtirok etib maktab o‘qituvchilari, o‘quvchilari va ularning ota-onalarini yangi maktab ochilishi munosabati bilan tabrikladi va esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Mazkur yangi maktab 870 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, hozirda 150 nafar o‘quvchi tahsil olishni boshladi. Har bir inson, har bir ota-onaning ezgu orzusi bo‘lmish sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash. Shu maqsadda yurtimizda minglab zamonaviy o‘quv maskanlari, bolalar sporti inshootlari barpo etilmoqda. Shuningdek, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘quv jarayoniga joriy etish bo‘yicha amaliy ishlar qilinmoqda. Mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazizishda maktablar va ularda faoliyat yuritayotgan ustozlarning xizmati beqiyosdir. Barcha ta’lim muassasalari, xususan, umumta’lim maktablarini davr talablariga mos holda rivojlantirish, zamonaviy jihoz va uskunalar, o‘quv laboratoriyalari va ustaxonalar bilan ta’minlash davom etmoqda, yangi ta’lim standartlari, dastur va qo‘llanmalarni joriy etish masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, deputat Ravshan Fazilov Yunusobod tumanidagi “Islomobod” MFY hududida yangi sport kompleksi ochilish marosimida ham qatnashdi.
O'xshash yangiliklar
-
Deputat sayyor qabuli: Buxorolik talabalarga yotoqxona zarur
21.05.2024, 11:02
-
Nukuslik ishbilarmon ayollar mahalla kesimida bellashdi
21.05.2024, 10:40
-
Xususiylashtirish jarayonlarining ochiq va oshkoraligi ta‘minlanadi
21.05.2024, 09:15
-
Keng qamrovli hamkorlik darajasiga erishish yo‘lida
20.05.2024, 11:52
-
Madaniyat — xalqimiz, jamiyatimiz qiyofasi
18.05.2024, 16:04
Fikringizni qoldiring