Chiroqchida 158 nafar xotin-qizlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
11.10.2022, 11:25
O’zLiDeP Chiroqchi tuman Kengashi hamda viloyat kengashi deputati Momosuluv Berdiqulova tashkilotchiligida tumandagi “Sog‘lom oila-mustahkam oila” loyihasi doirasida xotin-qizlar o‘rtasida bepul tibbiy-ko‘rik tashkil etildi.
Jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va ayollar o‘rtasida tibbiy savodxonlik va tibbiy madaniyatni oshirish maqsadida ko‘p tarmoqli markaziy shifoatxonasida o‘tkazilgan tadbirda Navoiy, Kishmishtepa, Bog‘ishamol, Choshtepa mahallalarida istiqomat qilayotgan 158 nafar xotin-qizlar tibbiy-ko‘rikdan o‘tkazildi.
Davra suhbatida tuman ekologiyasining buzilganligi, ichimlik suvining yaroqsizligi tufayli xotin-qizlar va bolalarda zob, o‘t, surunkali kamqonlik, buyrakda tuz yig‘ilishi hamda jigar kasalliklari ko‘payib borayotgani ta’kidlanib, sifatli ichimlik suvi iste’mol qilish, jismoniy mashqlar bajarish, sog‘lom turmush tarziga qat’iy rioya etish, tez-tez tibbiy ko‘rikdan o‘tib turish borasida tavsiyalar berildi. Aniqlangan kasalliklar bo‘yicha 7 nafar xotin-qizga viloyat shifoxonasiga yo‘llanma taqdim etilib, 31 nafariga tuman hududida statsionar davolanish uchun tavsiyalar berildi.
O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi
Matbuot xizmati.
O'xshash yangiliklar
-
Qitʼa ayollarini birlashtirgan anjuman
14.05.2024, 19:40
-
Mingdan ortiq shogird tarbiyalagan ishbilarmon Madina Kasimbayeva tanlov g‘olibi bo‘ldi
14.05.2024, 14:07
-
O’zbekistonda xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlari kengaymoqda
14.05.2024, 13:57
-
Очередная встреча делегации УзЛиДеП в Китае
10.05.2024, 16:45
-
Делегация УзЛиДеП вылетела в Китай
08.05.2024, 19:31
Fikringizni qoldiring