O’zLiDeP faoli ko‘magida 241 nafar ishsiz fuqaro ishli bo‘ldi

20.12.2022, 11:06

O’zLiDeP faoli ko‘magida 241 nafar ishsiz fuqaro ishli bo‘ldi

Mamlakatimizda “mahallabay” tizimi joriy etilib, mahallalarda hokim yordamchilari o‘z faoliyatini boshlagniga hali ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Ular bugungi kunda o‘z vazifalarini qay darajada uddalashmoqda? Bu savolga javob topish uchun Sirdaryo tumanidagi “Tinchlik” MFYdagi hokim yordamchisi, O’zLiDeP faoli Zokirxon Ahmedov faoliyatiga nazar tashladik. Hokim yordamchisi o‘ziga berilgan bu mas’uliyatli lavozimni qay darajada uddalamoqda?

Shuni alohida e’tirof etish joizki, partiya faoli Zokirxon Ahmedovni bilgan, taniganlar uni juda qisqa fursat ichida xalqning ishonchini qozongan hokim yordamchilaridan biri hisoblanishini alohida ta’kidlab o‘tishdi.

-“Tinchlik” mahallasida hokim yordamchisi lavozimiga kirishgan ilk kunimdan mahalla raisi, mahalla  xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi vazifasida faoliyat yuritayotgan xodimlar bilan bamaslahat birinchi galda qilishim lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha dastlabki rejalarni belgilab oldim”, - deydi Zokirxon Ahmedov.- Har bir oilani o‘rganib chiqdim. Mahalladagi ishsiz aholi ro‘yxati shakllantirildi. Jumladan, mahalla hududidagi mavjud bo‘sh turgan binolar va yerlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritildi.

Shuningdek, mahalla hududidagi muammolar chuqur o‘rganilgach, masalaning dolzarbligi va hal qilish imkoniyatidan kelib chiqqan holda tuman, lozim bo‘lsa viloyat, qolaversa, respublika darajasigacha olib chiqib, hal etishni o‘z oldimga qat’iy maqsad qilib qo‘ydim.

O’z vazifasiga mas’uliyat bilan kirishgan Zokirxon Ahmedov avvalo ayrim bir ishni boshlashda ikkilanish va jur’atsizlik qilayotgan aholi qatlami bilan mustahkam aloqa bog‘ladi. Tadbirkorlik faoliyatini boshlashdan biroz  cho‘chib turgan fuqarolarning g‘oya va rejalarini qo‘llab-quvvatlab, ularning g‘oyasini boyitib, ularning ertangi kuniga ishonch uyg‘otish orqali ko‘p yillik orzusiga erishishida sababchi bo‘lmoqda.

O’tgan vaqt mobaynida hokim yordamchisi 241 nafar ishsiz fuqaroni turli ishlarga yo‘naltirishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, 90 nafar ishsiz fuqaro doimiy ish bilan ta’minlandi. 45 nafar ishsizlarga  imitiyozli kredit ajratilishida yordamini ayamay, o‘zini o‘zi band qilishiga erishdi. 33 nafar ishsiz yoshlar jamot ishlariga jalb qilindi. O’tgan 11 oy davomida 55 nafar ishsizga 1.385.0 mln so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi. 3 nafar sharoiti og‘ir deb topilgan ayollarga 30 million so‘m miqdorida subsidiya ajratilib, ularga tikuv mashinkalari olib berildi. 30 nafar xotin-qizlar o‘quv markazlariga hunar o‘rganishga yo‘naltirildi.

E’tiborlisi “Tinchlik” MFY hududida o‘tgan 11 oy davomida 21 ta yangi tadbirkorlik subektlari ochilib, 30 ta qo‘shimcha ish o‘rinlari tashkil etildi. Mahalla hududida 12 ta 300 mln so‘mlik yangi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish loyihalari ishga tushirildi.

Mahalladagi aholiga turli soha vakillarining eng yuqori natijalarga erishgan qatlami ishtirokida mahorat darslarining o‘tkazib borilayotganligi ham yangi ish boshlovchilar uchun alohida ko‘tarinki kayfiyat va rag‘bat bag‘ishlamoqda.

Xalq ishonchini qozonish, hurmatiga sazovor bo‘lish oson emas. Ammo, har ish soatini rejali asosda olib borayotgan Zokirxon Ahmedovni xalq dardi, tashvishi, ertangi kuni bilan yashayotganlar safida qo‘rish mumkin.

O’zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    189
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+