Yangi tahrirdagi Konstitutsiya: agrar sohaga yanada e’tibor

25.04.2023, 15:55

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya: agrar sohaga yanada e’tibor

O‘zLiDeP Buxoro viloyat kengashining konstitutsiyaviy islohotlarga oid  tashviqot tadbiri Buxoro tumanidagi “Buxoro-Varnet”  klasterida bo‘lib o‘tdi.

Partiya viloyat va tuman kengashlari faollari, mahalliy deputatlari, ilg‘or fermer va tomorqachilar, dehqon va chorvadorlar jam bo‘lgan uchrashuvda Konstitutsiyaning yangi tahririga kiritilayotgan o‘zgartishlar, xususan agrar sohadagi yangiliklar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.  Mamlakatimizda klaster, fermerlar uchun yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar xususida so‘zlandi.

Hujjatda qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yerlarni qonunga muvofiq xususiylashtirish mumkinligi belgilanayotgani soha egalari uchun navbatdagi imkoniyatlar eshigi ekanini ta’kidlashdi.

Xushovoz xonandalar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar, qiziqchilarning hangomalari barchaga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.

  • Ko'rildi
    127
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+