Urush faxriylari holidan xabar olindi

08.05.2023, 15:30

Urush faxriylari holidan xabar olindi

9 may – Xotira va qadrlash kuni va Ikkinchi jahon urushida erishilgan  g‘alabaning 78 yilligi munosabati bilan O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi faollari Nukus shahridagi "Amudaryo" MFYda istiqomat  qilayotgan, 98 yoshni qarshilagan ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Qadirbay ota Narmanov xonadonida bo‘ldi.

Otaxon urush yillarini eslab, ko‘zida yosh bilan bugungi kunga shukronalar aytdi.

- Prezidentimiz tomonidan bizga ko‘rsatilayotgan bu kabi e’tibor va g‘amxo‘rlikdan juda xursandmiz. Ayniqsa, yoshlarning hurmat va ehtiromi mamlakatimizda inson manfaati, uning sha’ni va qadr-qimmati hamma narsadan ustun ekanini yana bir karra namoyon etmoqda. Biz, har yili ko‘rsatilayotgan bunday e’tibordan juda mamnunmiz. Ilohim yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin, - deydi  Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Qadirbay ota Narmanov.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    202
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+