“O’zbekiston – 2030” strategiyasidagi maqsad va vazifalar keng jamoatchilikka yetkazilmoqda

20.09.2023, 16:47

“O’zbekiston – 2030” strategiyasidagi maqsad va vazifalar keng jamoatchilikka yetkazilmoqda

O’zLiDeP Jizzx viloyat Kengashi tomonidan “O’zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan maqsad v vazifalarning mazmun-mohiyatini keng jamaotchilikka yetkazish. ularning ijrosini ta’minlashda partiya faollari va elektorat vakillarining o‘rnini oshirish , shuningdek. aholini tadbirkorlikka jalb qilish va shu asnoda ularning bandligini ta’minlash maqsadida bir qator tadbirlar, ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Jumladan,  G’allorol tumanida tashkil etilgan ochiq muloqotda partiya tuman Kengashi faollari, mahalliy Kengash deputatlari va taniqli tadbirkor  “G’allaorol Xumo Agro tamorqa xizmatlari” MChJ rahbari Elyor Xaydarov ishtirok etdi.

Tadbir davomida   kelgusi yetti yillikdagi taraqqiyotimizning asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradigan hujjatga asosan, iqtisodiyot hajmini 2 barobar oshirish,  kambag‘allikni ikki barobarga kamaytirish, “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kirish asosiy maqsad qilib qo‘yilgani,  2030 yilgacha yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga va aholi jon boshiga daromadlarni 4 ming dollarga yetkazish mo‘ljallanganayotgani, bu maqsad va vazifalarning  hayotga joriy qilish   barchaga bog‘liqligi ta’kidlab o‘tildi.

O’zLiDeP Zomin tumani Kengashi tashabbusi bilan Peshag‘or qishlog‘ida tashkil etilgan ochiq muloqotda  esa xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Muhamadi G’oibnazarov, yosh tadbirkor Sardor Egamqulovlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida “O’zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalar mazmun-mohiyatiga atroflicha to‘xtalib o‘tildi.

-Bugun davlat rivoji, aholi farovonligi, el-yurt ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnatlari, bilimi, tajribasi bilan hissa qo‘shib, ko‘pchilikka ibrat bo‘layotgan insonlar safida ishbilarmon, tadbirkor yoshlarimiz soni  tobora ortib borayapti, - deydi S.Egmqulov. – “O’zbekiston -2030” strategiyasi esa bu borada yoshlarimizga haqiqiy dastrulamal vazifasini o‘taydi.

Ta’kidlash lozimki,  partiya faollari tashabbusi bilan tashkillashtirilayotgan bu kabi tadbir, ochiq muloqot va uchrashuvlar viloyatning barcha hududlarida bo‘lib o‘tmoqda.

Xolbek  Asatov,

O’zLiDeP Siyosiy ta’lim va deputatlik guruhlari bilan

 ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    80
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+