Vatan himoyachilarini tarbiyalashda uzviylikni ta’minlash – dolzarb masala
28.09.2023, 12:05
O`zLiDeP Jizzax shahar Kengashi tashabbusi bilan viloyat Mudofaa ishlar boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash Markazida Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida so‘zlagan nutqi, “O’zbekiston–2030" strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni hamda “O’zbekiston-2030” strategiyasini 2023 yilda o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.
Mazkur markazda har yili 3 bosqichda o‘quv jarayoni amalga oshiriladi. Qurolli Kuchlarga 4 ta yo‘nalish bo‘yicha mutaxassis tayyorlanadi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, O’zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlik misli ko‘rilmagan yuksak darajaga chiqdi. Qariyb birgalikda 140 ta dastur va loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar turli sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini kengaytirishga hamda fuqarolar farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Oldimizga qo‘yilgan barcha ulkan marralarga yetishish uchun mamlakatimiz xavfsizligi va xalqimizning tinch-totuv hayotini ishonchli himoya qilish o‘ta muhim.
Strategiyada bu borada aniq maqsad va vazifalar belgilangan. Qurolli kuchlarning raqamli salohiyatini oshirish va axborot xavfsizligini ta’minlash, harbiy xizmatchilarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, harbiy xizmatchilarga vatanparvarlik, Vatanga va xalqqa sodiqlik tuyg‘ularini singdirish, harbiy xizmatni o‘tash tartibini zamon talablaridan kelib chiqqan holda yanada takomillashtirish, qo‘shinlarni zamonaviy qurol-aslaha, harbiy va maxsus texnika hamda jihozlar bilan ta’minlash, mahalliy mudofaa sanoati salohiyatini tubdan kuchaytirish shular jumlasidan.
Ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tgan tadbir davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob qaytarildi.
Abdukarim Isaxonov,
O`zLiDeP Jizzax shahar Kengashi apparat rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Madaniyat — xalqimiz, jamiyatimiz qiyofasi
18.05.2024, 16:04
-
Eng faollari saralanyapti
18.05.2024, 15:16
-
100 nafar xotin-qizni ishli qilgan tadbirkor ayol tanlovning mahalla bosqichi g‘olibi bo‘ldi
18.05.2024, 15:03
-
Shahrisabz tumanidagi 21 ta mahallasining ishbilarmon ayollari o‘zaro bellashdilar
18.05.2024, 14:24
-
Choponlikda tengi yo‘q xotin-qizlar baxslashdilar
18.05.2024, 13:57
Fikringizni qoldiring