“O’zbekiston – 2030” strategiyasi – farovon hayotimiz dasturilamali

28.09.2023, 12:06

“O’zbekiston – 2030” strategiyasi – farovon hayotimiz dasturilamali

O'zLiDeP Paxtakor tumani Kengashi tashabbusi bilan tumandagi  “Baraka chevar” tikuvchilik korxonasida “O’zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlab ana shu mavzuda tadbir tashkil etildi.

Tadbirning aynan mazkur korxonada o‘tkazilgani bejiz emas. Chunki, korxona so‘nggi yillarda yurtimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning amaliy samaralarining yaqqol namunasidir. Korxonada ayni paytda 240 dan nafardan oshiq ishchi xodimlar mehnat qiladi. Ishlab chikarilgan mahsulot ning 90 foizi xorijga eksport qilinmoqda.

Bo‘lib o‘tgan tadbir davomida “O’zbekiston – 2030” strategiyasi asosida amalga oshiriladigan maqsad va vazifalar - har bir hududga, har bir mahalla va har bir xonadonga kirib borgan ijobiy o‘zgarishlarni, aholi turmush tarzini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgani bilan ahamiyatli ekaniga e’tibor qaratildi.

Strategiyada belgilangan maqsadlardan biri fuqarolarni davlat hisobidan kasb-hunarga o‘qitish, ularning zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha kasbiy ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga qaratilgan. Unga ko‘ra, 2 million nafar fuqarolarni kasb-hunar, tadbirkorlik ko‘nikmalari va xorijiy tillarga o‘qitish, kasbga o‘qitish markazlarining 1,6 ming nafar o‘qituvchilarini xalqaro standartlar asosida malakasini oshirish, kasb-hunarga o‘qitishda xususiy sektor ulushini 30 foizga yetkazish belgilangani ta’kidlab o‘tildi.

Tadbir davomida partiya faollari ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob qaytardilar.

Muhabbat O’rolova,

O'zLiDeP Paxtakor tuman Kengashi apparat rahbari

  • Ko'rildi
    169
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+