O’zLiDeP 20 yilligiga bag‘ishlab sport musobaqalari o‘tkazilmoqda
09.11.2023, 16:55
Qorovulbozor tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabida O’zLiDeP tashkil etilganligining 20 yilligi munosabati bilan maktabning pedagogik jamoasi, quyi bo‘g‘in faollari va “Ayollar qanoti” guruhi a’zolari ishtirokida “Sport- sog‘lik garovi” shiori ostida voleybol, stol tennisi va shaxmat bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.
Qiziqarli va murosasiz musobaqalar yakunida g‘olib va sovrindorlarga partiya tuman Kengashi hamda hamkor tashkilotlarning tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bunday sport musobaqalarini tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad- aholi ayniqsa, xotin-qizlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularni sport mashg‘ulotlariga keng jalb qilish orqali salomatligini mustahkamlashdan iboratdir.
Shuningdek, sportning futbol turi bilan muntazam ravishda shug‘ullanish ham Buxoro neftni qayta ishlash zavodida faoliyat olib borayotgan BPT a’zolarining ham asosiy maqsadiga aylangan. Futbol bo‘yicha o‘tkazilgan respublika bahslarida ushbu korxonaning jamoasi g‘oliblikka erishib, yarim final bahslariga yo‘llanma oldi. Jamoaning yarim final bahslariga yo‘llanma olgani esa muntazam ravishda o‘tkazilgan sport mashqlarining amaliy natijasi ekanligidan dalolat beradi.
O'xshash yangiliklar
-
Madaniyat — xalqimiz, jamiyatimiz qiyofasi
18.05.2024, 16:04
-
Eng faollari saralanyapti
18.05.2024, 15:16
-
100 nafar xotin-qizni ishli qilgan tadbirkor ayol tanlovning mahalla bosqichi g‘olibi bo‘ldi
18.05.2024, 15:03
-
Shahrisabz tumanidagi 21 ta mahallasining ishbilarmon ayollari o‘zaro bellashdilar
18.05.2024, 14:24
-
Choponlikda tengi yo‘q xotin-qizlar baxslashdilar
18.05.2024, 13:57
Fikringizni qoldiring