Yangi a’zolar – yangi kuch demak

11.01.2024, 12:53

Yangi a’zolar – yangi kuch demak

O‘zLiDeP Toshkent shahar kengashi tashabbusi bilan “O’zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosi hamda 2024 yil – “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Poytaxtimizning Bektemir tuman hokimligida “Ayollarning mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi va fuqarolik jamiyatini shakllantirishdagi ishtirokini faollashtirish” mavzusidagi muloqotda partiya shahar kengashi mas’ullari va tumanning faol xotin-qizlari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar qabul qilingan qonunlar, farmon va qarorlar ijrosini ta’minlash, xotin-qizlar va yoshlarimizga berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda har bir fuqaro mamlakatimiz ravnaqiga hissa qo‘shishi lozimligini ta’kidlashdi.

Shuningdek, kelgusidagi rejalar ham belgilab olindi. Muloqotdan so‘ng ushbu siyosiy kuch faoliyatiga xayrixoh bo‘lgan 12 nafar xotin-qiz O‘zLiDeP safiga qabul qilindi.

O‘zLiDeP Toshkent shahar kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    74
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+