Ishsiz xotin-qizlar kasb-hunarga o‘qitilmoqda

02.02.2024, 17:49

Ishsiz xotin-qizlar kasb-hunarga o‘qitilmoqda

O`zLiDeP “Ayollar qanoti” hamda “Respublika milliy kasb-hunar akademiyasi” hamkorligida partiyaning “Bunyodkor ayollar” loyihasi doirasida mahorat darsi tashkil qilindi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish, xotin-qizlar va yoshlarni tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish va endi tadbirkorligini boshlamoqchi bo‘lgan tadbirkorlikka layoqati bor xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Partiyaning ushbu yo‘nalishdagi targ‘ibot tadbirlari 2024 yil - Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yilida yangi bosqichda olib borilmoqda.

Tadbirda O`zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi, Toshkent shahar Kengashi,  deputatlar hamda poytaxt mahallarida yashovchi band bo‘lmagan, “Ayollar daftari”da turuvchi ayollar va yoshlar, partiya faollari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda tadbirkorlarga berilayotgan imkoniyatlar, ayniqsa ayollarga davlatimiz rahbari tomonidan ishonch bildirib, nafaqat tadbirkorlik yo‘nalishida balki, barcha sohalarda ularni qo‘llab-quvvatlab kelayotganlari alohida e’tirof etishdi.

Tadbirda partiya  safiga kirish istagida bo‘lgan bir guruh ayollarga partiyaning a’zolik guvoxnomalari topshirildi.

Tadbirdan so‘ng tajribali tadbirkorlar va soha vakillari mahalladagi ishchi xotin-qizlar uchun mahorat darsini tashkil qildi.

  • Ko'rildi
    121
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+