Manzilli ishlashning shaffof mexanizmi
08.02.2024, 18:26
O‘zLiDeP Mirobod tuman kengashi faollaridan tarkib topgan ishchi guruh tomonidan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasidagi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni ta’minlashga oid vazifalar ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazorati tartibida uchrashuv tashkil qildi.
Ushbu tadbirda O‘zLiDeP Mirobod tuman kengashi raisining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Xalq deputatlari Mirobod tuman kengashi deputati Shoira Saidg‘affor qizi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati yordamchisi Feruza Murodxodjayeva, “Qorasuv” MFY raisi Komil Adilov, mahalla xotin-qizlar faoli Nigora Shernazarova va boshqalar ishtirok etdi.
Ishchi guruh a’zolari dastlab “Katta Qorasuv” MFYga borib, mahallada ayollarga berilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar, “Ayollar daftari” bilan manzilli ishlashning shaffof mexanizmi qanchalik samara berayotganini o‘rganishdi.
Hududda “Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlar soni 195 nafar bo‘lib, ularga ajratilgan moddiy yordamlarning o‘z vaqtida yetkazilgani, bandligi ta’minlangani atroflicha tahlil qilindi. Keyingi manzil tumandagi 154-son maktabi bo‘ldi. Mazkur maktab 730 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lsa-da, amalda 945 nafar o‘quvchi ikki smenada tahsil oladi. Oltmish nafar o‘qituvchining 6 nafari oliy, 8 nafari birinchi, 8 nafari ikkinchi toifali, qolganlari esa mutaxassislar ekan. Maktab tumandagi kuchli 10 talikka kiritilgan. “Zakovat” tanlovida o‘quvchi yoshlar ikkinchi o‘rinni egallashgan va barcha to‘garaklar faoliyat yuritmoqda.
O‘tkazilgan jamoatchilik nazorati yakunlari yuzasidan aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.
O‘zLiDeP Toshkent shahar kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Madaniyat — xalqimiz, jamiyatimiz qiyofasi
18.05.2024, 16:04
-
Eng faollari saralanyapti
18.05.2024, 15:16
-
100 nafar xotin-qizni ishli qilgan tadbirkor ayol tanlovning mahalla bosqichi g‘olibi bo‘ldi
18.05.2024, 15:03
-
Shahrisabz tumanidagi 21 ta mahallasining ishbilarmon ayollari o‘zaro bellashdilar
18.05.2024, 14:24
-
Choponlikda tengi yo‘q xotin-qizlar baxslashdilar
18.05.2024, 13:57
Fikringizni qoldiring