TADBIRKOR MA’NAVIYATI yangi davr talablariga javob beryaptimi?

15.02.2024, 15:21

TADBIRKOR MA’NAVIYATI yangi davr talablariga javob beryaptimi?

Birinchi maqola

Bugungi kunda Prezidentimizning Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 2023 yil 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan yig‘ilishidagi ma’ruzasi asosida jamiyatimiz ma’naviy rivojini yanada yuksaltirishga xizmat qiladigan tizimli faoliyat dasturlari ishlab chiqilib, ularni bajarish yo‘llari belgilab olindi.

Ma’ruzaning “Ma’naviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak” deb nomlangani bejiz emas, albatta. U  jamiyatimizda yangi ma’naviy makonni yaratish, g‘oyaviy barkamol avlodni voyaga yetkazish strategiyasining nafaqat joriy yil, balki kelgusi yillardagi faoliyati uchun ham tayanch hujjat vazifasini o‘taydi.

Ilmiy-nazariy jihatdan ushbu ma’ruza hozirgi yangi bosqichdagi keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy  islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, jumladan, tadbirkorlar va mulkdorlar qatlamining butun jamiyat manfaatlariga mos yangi ma’naviy qiyofasini shakllantirish yo‘nalishidagi ishlarning muhim dasturilamali ekani ham shubhasiz.

Ma’ruzada keyingi yillarda ma’naviy hayotimizda erishilgan marralar sarhisobiga doir keltirilgan misollar va dalillar keng ko‘lamli islohotlarning samarali amaliyoti va natijalari haqida aniq-tiniq tasavvur uchun manba hisoblanadi, bu boradagi moddiy asoslar tobora mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi.

Ayni paytda so‘nggi 3-4 yilda xalqaro maydonda bo‘layotgan o‘zgarishlar dunyo iqtisodiyoti, jumladan, milliy iqtisodiyotimizga va rtimizdagi tadbirkorlar faoliyatining ba’zi yo‘nalishlariga katta ta’sir o‘tkazmoqda. Turli ziddiyatlar tufayli logistika va mahsulot yetkazib berish zanjirida uzilishlar bo‘layotgani, hamkor mamlakatlar valtasining qadrsizlangani, global miqyosda inflyatsiya darajasi qori bo‘lib qolayotgani, moliyaviy resurslarning ilgarigiga nisbatan kamayib borayotgani va qimmatlashayotgani kabi omillar ta’sirini soha vakillari sezib turibdi.

Bunday murakkab sharoitda muammolarni bevosita biznes vakillarining o‘zidan eshitib, ularga birgalikda yechim topish va bu orqali tezkorlik bilan qaror qabul qilish eng to‘g‘ri yo‘ldir. Bundan uch yil oldin yaxshi bir tajriba — Tadbirkorlar kuni arafasida Prezidentimizning sohaning eng ilg‘or vakillari bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuvlari,  ya’ni to‘planib qolgan masalalarga birgalikda yechim topish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgani va ushbu an’ana davom etayotgani bunga yaqqol dalil. 

QULAY BIZNYeS MUHITI

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillardanoq tadbirkorlik va ishbilarmonlik harakatiga keng yo‘l ochilib, mulkchilik munosabatlari o‘zgardi, tadbirkorlar va mulkdorlar qatlami shakllana boshladi. O’tgan o‘n yilliklarda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O’zbekiston Liberal demokratik partiyasi, O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va “Tadbirkor ayol” ushmasi kabi tashkilotlarning paydo bo‘lgani ana shu serqirra jarayonning natijasidir. 

O’zbekiston taraqqiyotining hozirgi yangi davrini boshlab bergan keyingi yillarda tadbirkorlik va mulkdorlik bilan bog‘liq masalalarga yanada katta  e’tibor berilmoqda va bu bejiz emas. Negaki, jahon xalqlari va zamonaviy ilg‘or mamlakatlar iqtisodiyotining natijadorligi, harakatchanligi, dinamikligini ta’minlash hamda rivojlantirishda tadbirkorlarning o‘ziga xos o‘rni borligi allaqachon isbotlangan. U bugungi taraqqiy etgan mamlakatlar hayotining asosiy elementlaridan va bizning rtimiz iqtisodiyoti uchun ham eng muhim omillardan biri sifatida o‘z samaradorligini ko‘rsatmoqda.

Ishbilarmon doiralar vakillari bo‘lgan tadbirkorlik va mulkdorlik sub’ektlari uchun 2023 yil alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Xususan, o‘tgan yilning 18 avgust kuni O’zbekiston tarixida uchinchi marta Prezidentimizning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda belgilangan vazifalarni amalga oshirish zasidan davlatimiz rahbarining “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023 yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi va ushbu hujjat bilan 42 ta banddan iborat “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Unda tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 57 ta tashabbus ilgari surilgan. Qaror bilan 5 ta yo‘nalish bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ga asosan 11 ta qonun, Prezidentimizning 1 ta farmoni, 15 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining 10 ta qarori, 10 ta amaliy chora-tadbir, 3 ta chora-tadbir rejasi hamda 1 ta Shaharsozlik normalari va qoidalari qabul qilinishi belgilandi. O’tgan bir yilda kichik tadbirkorlar soni 40 mingga ko‘payib, 490 mingga, o‘rta tadbirkorlar soni 2 mingga oshib, 10 mingga yetdi, yirik korxonalar soni esa bir yilda  400 taga ko‘payib, 1,5 ming bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich Toshkent viloyatida 38 ming 876 taga, Samarqand viloyatida 37 ming 680 taga, Farg‘ona viloyatida 36 ming 359 taga yetdi. Tadbirkorlik sub’ektlarining soni har 1000 aholiga 14,1 tani tashkil etyapti. Bu ko‘rsatkich Samarqand viloyatida 11,8 ta, Toshkent viloyatida 15,2 ta, Farg‘onada 11,9 ta. 2023 yilning yanvar-sentabr oylarida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda kichik tadbirkorlikning ulushi 25,9 foizni tashkil qildi.

Bularning barchasi ushbu sohaga alohida e’tibor qaratilayotgani,  islohotlar aniqtiniq amalga oshirilayotgani bilan izohlanadi. Bunda quyidagi yo‘nalishlar nihoyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Birinchidan, biznes sub’ektlari mikro, kichik, o‘rta va yirik toifalarga bo‘lindi va ularning har biri bilan alohida yondashuvlar asosida ishlash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, tuman va shaharlar ham 5 toifaga ajratildi, 60 tumanga alohida soliq, kredit va moliyaviy yordam rejimlari joriy qilindi. Natijada bu tumanlardagi tadbirkorlar qariyb 1 trillion so‘mlik imtiyozlardan foydalandi. Buning hisobidan 20 tumandagi tadbirkorlarning daromadi 1,5-2 barobar oshdi.

Ikkinchidan, qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish muddati qisqartirilib, 2022 yil 1 avgustdan 2023 yil 1 avgustgacha 6 mingta korxonaga 20 trillion so‘m qaytarib berildi. Ayniqsa, eksportdan valta tushumini kutmasdan, qo‘shilgan qiymat solig‘ini intizomli eksportchi korxonalarga qaytarib berish tartibi joriy qilingani natijasida 2 mingdan ziyod tadbirkorning hisob raqamiga 7 trillion so‘m kelib tushdi. Eng muhimi, ushbu soliq stavkasining 12 foizga tushirilgani hisobidan qo‘shilgan qiymat zanjiri ishtirokchilari soni 26 mingga ko‘payib, ularning faoliyati “soyadan” chiqdi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar soni 184 mingga yetdi. Samarasiz soliq mexanizmlarini qo‘llash oqibatida vujudga kelgan soliq qarzdorligidan voz kechilgani hisobidan biznes ixtiyorida 2 trillion so‘m qoldi.

Uchinchidan, kredit berishda aylanmadagi tovarlar, eksport shartnomalari, akkreditivlar va kelgusi tushumlardan ham garov ta’minoti sifatida foydalanish tizimi yaratildi. Bu imkoniyatdan foydalangan tadbirkorlarga 1 milliard dollar kreditlar berildi. Shuningdek, mikromoliya tashkilotlarini ochish tartibi osonlashdi. Natijada mamlakatimizda banklarga muqobil kreditlar bozori paydo bo‘ldi. So‘nggi bir yilda bunday tashkilotlar soni 1,5 barobar, ular ajratgan kredit miqdori esa 3 barobar oshdi. Bir yilda nobank tashkilotlar 3 trillion so‘m kredit berdi.

Bojxona hududida qayta ishlash tizimi soddalashtirildi va ushbu rejimdan foydalanuvchi tadbirkorlar soni 2 barobar ko‘paydi. Misol uchun, bir yil ichida shu imkoniyat orqali 455 million dollarlik mahsulot eksport qilindi va 110 million dollarlik qo‘shilgan qiymat yaratildi.

To‘rtinchidan, ilgari yangi tadbirkorlar uchun “kirish qiyin bo‘lgan” 119 ta faoliyat bo‘yicha litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi yoki xabardor qilish shakliga o‘tkazildi. Mamlakatimiz hududida klarni avtomobilda tashish faoliyati bo‘yicha  litsenziyalarni bekor qilish hisobidan k tashish hajmi 1,5 barobar oshdi.

Beshinchidan, to‘g‘ri ishlaydigan soliq to‘lovchilar faoliyatida tekshirishlar keskin qisqargani muhim omil bo‘ldi. Xususan, 2023 yilning olti oyida tekshirishlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 40 foiz yoki 104 mingtadan 64 mingtaga kamaygan. Ya’ni tadbirkorlar to‘g‘ri ishlash “soyada” ishlashdan ko‘ra afzal ekanini tushunib yetmoqda. Shuning uchun ham soliq hisobotlarini topshirish va kameral tekshirish natijalari bo‘yicha moliyaviy jarimalar qo‘llash bekor qilindi. Berilgan yengilliklardan foydalangan 155 korxonaning yillik aylanmasi 100 million dollardan oshdi. Kiritilgan yillik xorijiy sarmoyalar hajmi esa ilk bor 10 milliard dollarga yetdi. Bu 2017 yilga nisbatan 3 barobar ko‘p.

Bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotlardan keyin so‘nggi ikki yilda korxonalar  tomonidan 25 milliard dollarlik mahsulotlar eksport qilindi va avval import qilingan 10 milliard dollarlik mahsulotni o‘zimizda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Bugungi kunda ana shunday natijalarga erishayotgan, ishlab chiqarish, servis va xo‘jalik ritishning boshqa sohalarida tashabbus ko‘rsatayotgan, mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan faol tadbirkorlar avlodini tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan birga, import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashga o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan ilg‘or tadbirkorlarning faoliyati ham jamiyat rivoji uchun muhim omil hisoblanadi.

Aytib o‘tish joizki, hududlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik jadal rivojlanishini rag‘batlantiruvchi biznes muhitini yaratish, mamlakat iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyati, tadbirkorlarning kasbiy mahorati va bilim darajasini oshirish uchun zarur shart-sharoit yaratish alohida e’tiborni talab qilmoqda.

Tadbirkorlar faoliyatidagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni reklama qilish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalariga ko‘maklashish, yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish va o‘z tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan yosh tadbirkorlarni rag‘batlantirish bu boradagi asosiy vazifalar sirasiga kiradi.

Ushbu masalaning dolzarbligi ishbilarmonlar va mulkdorlarning ma’naviy qiyofasini yangi kun talablari darajasida shakllantirish zarurati bilan bog‘liq, albatta. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil — Biznes-ombudsman, O’zLiDeP,  Savdo-sanoat palatasi va “Tadbirkor ayol” ushmasi kabi tashkilotlarning faoliyati muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Masalan, birgina O’zLiDeP tizimida “O’zbekiston — 2030” strategiyasining sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash” yo‘nalishidagi 38-44 maqsadlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlili ham bu boradagi faoliyat nihoyatda muhim pallaga kirganidan dalolat beradi. Unga ko‘ra, 2023 yilning so‘nggi choragi davomida mamlakat miqyosida 120 dan ortiq tadbir, tanlov, davra suhbati, kitoblar taqdimoti, ma’naviyat kunlari, muzey, madaniyat va san’at markazlari, muqaddas qadamjolarga tashriflar tashkil etildi.

Bugungi amaliyot, bir tomondan, mamlakatimizda tadbirkorlar soni va  faoliyatining samarasi ortib va qamrovi tobora kengayib borayotgani, ikkinchidan, ushbu sohaga e’tibor kuchayib, davlat tomonidan yanada keng imkoniyatlar yaratilayotganidan dalolatdir. Bu ayni paytda saflariga muttasil ravishda yangi avlod vakillari kirib kelayotgan tadbirkorlar qatlamining ma’naviy qiyofasida ijobiy xislatlar va ezgulikka xizmat qiladigan xususiyatlarni tizimli tarbiyalab borishni zaruratga aylantirmoqda.

 

IShBILARMONLIK MAS’ULIYaTI

Inson o‘z ma’naviyatini shaxs sifatida o‘zini anglagan va kamolotga yetgan yillaridan boshlab umrining oxirigacha shakllantirib, rivojlantirib boradi. Keyingi yillarda rtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi tadbirkorlar avlodini shakllantirishda ana shu jihatga alohida ahamiyat qaratilayotgani bejiz emas.

Zamonaviy tadbirkorlarga xos ma’naviy yetuklik shartlaridan biri insoniy sifatlarning uyg‘unligidir. Kishining ichki va tashqi dunyosi, sog‘lom fikri, oqilona so‘zi bilan amaliy faoliyati, tili bilan dili birday bo‘lishi yetuklik mezoni hisoblanadi.

Shu jihatdan qaraganda, “tadbirkor ma’naviyati” tushunchasi nimani anglatadi? Aslida, alohida tadbirkor ma’naviyati haqida gapirish mumkinmi? Jamiyat manfaatlariga mos tadbirkor ma’naviyatini qanday shakllantirish mumkin? Bu borada qanday samarali usullar va vositalardan foydalangan ma’qul? Mazkur savollar va ularning javoblari mavzuning mazmun-mohiyatini hamda uning tadbirkorlik uchun ahamiyatini aks ettiradi, albatta. Afsuski, bu kabi savollarga jo‘yali javoblar olish va amaliyotda foydalanish imkoniyatini beradigan tadqiqotlar kam. Bugungi kunda ularga ehtiyoj tobora ortib borayotgani ham haqiqat.

“Tadbirkor ma’naviyati” tushunchasi har bir tadbirkorning ichki dunyosi va  ruhiyati, ijtimoiy mas’uliyati, adolatni razillikdan, yaxshilikni yomonlikdan, oqillikni johillikdan ajrata bilish qobiliyati, o‘zo‘zini anglashi, did-farosati va aql-zakovati hamda ularni amalga oshirish yo‘lida ongli faoliyati majmuini ifodalaydi.

Yuqoridagi talqinga ko‘ra, to‘g‘ri shakllangan ma’naviyat zamonaviy tadbirkorlardan o‘zi tug‘ilib o‘sgan shu muqaddas zamin uchun fidoyi bo‘lishni, el-rt rivoji va xalq farovonligi uchun doimo mas’uliyat sezib yashashni, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an’analarimizni asrashni, ksak fazilatli va komil inson sifatida  yangilanish va yaratuvchilik ishlariga faol ko‘maklashishni talab qiladi.

Shu bilan birga, tadbirkorlarning mustaqil fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish va mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish kabi xislatlarini ham tarbiyalash lozim. Buning uchun quyidagilarga alohida ahamiyat qaratish zarur:

— har bir tadbirkor hayotida turli vaziyatlarga tushib qolganida uning hayot mobaynida to‘plagan tajribasi, insoniy fazilatlari yetakchi rol o‘ynaydi;

— tadbirkorlarda muammolar, voqea-hodisalarni real makon va vaqt chegaralarida aniq tasavvur qilish va yechimlarini belgilay olishni rivojlantirishga diqqatni qaratish ulkan tuqlar omili bo‘lishi mumkin;

— tadbirkorlar faoliyatida bir vaqtning o‘zida bir qancha muammolar mohiyatini anglash orqali tafakkurni yangi muammolar yechimiga yo‘naltirish ham foydadan xoli emas.

Bularning barchasi har bir tadbirkorning o‘zini o‘zi boshqarish, o‘z faoliyatini aniq va to‘g‘ri tashkil qilish qobiliyati, har qanday ishga shaxsan kirisha bilish va uning bajarilishini nazorat qilish kabi shaxsiy xususiyatlarini shakllantirishga asosiy  e’tibor qaratish muhim ahamiyatga egaligidan dalolat beradi.

Ayni paytda bu sohada olimlar va mutaxassislarning diqqatini tortayotgan va dunyoning qariyb barcha mamlakatlariga xos bir qator muammolar, ya’ni mulkdorlik va tadbirkorlik sub’ektlarining barqaror faoliyatini ta’minlash siyosati samarali yo‘lga qo‘yilishi, tijorat faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar o‘rtasida monopolistik tendensiyalar zaga kelish holatlariga barham berish, bu sohada adolatsiz raqobatning oldini olish va korrupsiya holatlarini bartaraf etish kabilar bilan bog‘liq masalalar dolzarb ahamiyatini saqlab qolmoqda.

Bu jihatdan, davlat organlari va fuqarolik institutlari, ijtimoiy sub’ektlar va tashkilotlar faoliyatida amal qilish zarur bo‘lgan va bugungi tadbirkorning milliy qadriyatlarga asoslangan zamonaviy dunyoqarashi va  ma’naviy qiyofasi shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadigan quyidagi omillar muhim ahamiyat kasb etishini alohida qayd qilish lozim:

— tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va tadbirkorlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini samarali va tizimli olib borish tamoyillariga og‘ishmay amal qilish;

— davlat organlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishi zasidan nazoratni amalga oshirish, tadbirkorlarga bu borada aniq va tizimli yordam berish mexanizmini yo‘lga qo‘yish;

— tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshirish amalga oshirilayotganda ularni huquqiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash. Bunday tekshiruvlarni muvofiqlashtirish hamda nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati tekshiruvlari o‘tkazilishining qonuniyligiga qat’iy amal qilish;

— tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalari va talablarining amalda ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash. Qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyatini bajarishga ta’siri samaradorligini oshirishga ko‘maklashish;

— tadbirkorlik sub’ektlarining huquqiy kafolatlarini mustahkamlash, ularni rivojlantirishni rag‘batlantirishga qaratilgan qonun hujjatlarini takomillashtirish zasidan samarali faoliyatni yo‘lga qo‘yish. Ushbu jarayonga tadbirkorlik sub’ektlari va ularning vakillari keng jalb etilishiga erishish.

Shu bilan birga, har bir tadbirkor o‘z manfaatlarini ro‘yobga chiqarish jarayonida nafaqat moddiy ne’matlar, balki ma’naviy boyliklar, tashkiliy-boshqaruv tuzilmalari, jamiyatda mavjud turli munosabatlarni, ya’ni butun ijtimoiy-ma’naviy hayotni ham yaratadi.

Bu jarayonda tadbirkorlik sohasida ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan ma’naviy mezonlar va qadriyatlarning ko‘piga yangi mazmun bag‘ishlab, ba’zilarini qayta tiklashdan ko‘zlangan maqsad o‘tmishga sig‘inish emas, balki ma’naviyatning milliyetnik asoslariga suyanib, undan foydalanib olg‘a siljish, taraqqiyotning yangi bosqichiga chiqishdan iboratdir.

Bugungi tadbirkorlarimiz ma’naviyatiga umuminsoniy va milliy qadriyatlarni o‘zlashtirish, xalqning ma’naviy tajribasi va an’analarini bilib olish hamda tadrijiy davom ettirish, rivojlantirish nuqtai nazaridan yondashish zarurligi davr talabiga aylandi.

Globallashuv jarayonida mafkuraviy kurash o‘zining qori nuqtasiga chiqayotgan bugungi kunda turli ma’naviy ta’sirlar, avvalo, tadbirkorlarning ongini zaharlash va ulardan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanish oqibatlari bizga shuni yana bir bor isbotlamoqdaki, mana shu qatlam orasida g‘oyaviy tarbiya va targ‘ibotni keng ko‘lamda yoyish, uning mohiyatini ochib berishga xizmat qiladigan turli ma’rifiy tadbirlar, ta’lim tizimi va xilma-xil targ‘ibot texnologiyalaridan foydalanish kutilgan natijalarni berishi mumkin.

Bularning barchasi bugungi kunda rtimizda Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek ezgu maqsadni izchil amalga oshirishga qaratilgan “O’zbekiston — 2030”  strategiyasi doirasida tadbirkorlar ma’naviy qiyofasini ksaltirish uchun tizimli faoliyat olib borish hozirgi davr talabi va taqozosi, uni takomillashtirish omillari va tamoyillarini belgilaydigan faoliyat mezoniga aylanayotganidan dalolat beradi.

Prezidentimizning Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi yig‘ilishidagi ma’ruzasi esa ana shu yo‘nalishdagi faoliyatning joriy yildagi dolzarb vazifalari aniq-tiniq belgilab berilgan hujjat sifatida hozirgi kunlardagi ishlarimizning samarali amalga oshishini ta’minlash mezoni tarzida nihoyatda katta nazariy va amaliy ahamiyatga egadir.

Ayni paytda mazkur yo‘nalishdagi dasturlar va chora-tadbirlarning mazmun-mundarijasini tubdan yaxshilash, ushbu sohaning maqsadi va mohiyatini belgilaydigan tizimli ishlar bilan bog‘liq faoliyat samaradorligini ta’minlash alohida e’tiborni talab qilmoqda.

Shu bilan birga, biror-bir qatlam yoki soha vakillariga xos ma’naviyat tamoyillari to‘la-to‘kis shakllanishi va ularning yetuk, takomillashgan holatga kelishi uchun ko‘p yillar, ba’zida bir necha o‘n yil kerak bo‘lishi ham ma’lum. O’tgan asrda qariyb 70 yil davomida inkor qilib kelingan va istiqlol yillarida qayta bo‘y ko‘rsata boshlagan tadbirkorlik harakati va uning vakillariga xos ma’naviy mezonlar hamda tamoyillar shakllanishi ham ana shunday tadrijiy jarayondir.

Ushbu jarayonning samarali amalga oshishi uchun jamiyatning siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy-ma’naviy hayotida tub o‘zgarishlar ro‘y berishi va mazkur yangilanishlar tadbirkorlar qalbi va ongiga singishi hamda mustahkamlanishi darkor. O’z navbatida, bu taraqqiyotning yangi bosqichiga o‘tgan O’zbekiston jamiyatida “tadbirkor ma’naviyati” tushunchasining  vujudga kelishi va mustahkamlanishi jarayonini belgilaydigan tayanch omillar tizimi yangilanishini taqozo qiladi.

Qiyom NAZAROV,

O‘zLiDeP faoli, falsafa fanlari doktori, professor

"Yangi O‘zbekiston" gazetasining № 31, 2024-yil 13-fevraldagi sonidan

  • Ko'rildi
    58
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+