Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash – bugunning eng dolzarb vazifasi

15.02.2024, 16:58

Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash – bugunning eng dolzarb vazifasi

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi  yig‘ilishida viloyat iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshlig‘ining 2023-2024 yil qish va bahor mavsumida oziq-ovqat mahsulotlarining jamg‘arilishi va aholini arzon qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitildi.

         Unda ta’kidlanishicha, 2023-2024 yil qish va bahor mavsumi uchun  jami 43 ming tonna kartoshka, piyoz, sabzi, guruch kabi asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari zahirasi jamg‘arilgan. “Oziq-ovqat zahirasini yaratish  jamg‘arma”lari uchun  shakllantirilgan 3,7 mlrd. so‘m mablag‘ qishloq xo‘jalik mahsulotlari zahirasiga yo‘naltirilgan. O’tgan davr mobaynida viloyat bo‘yicha 15,3 ming tonna qishloq xo‘jalik mahsulotlari, jumladan 4 ming tonna kartoshka, 3,8 ming tonna piyoz,  5,7 ming tonna sabzi va 1,8 ming tonna guruch  17 ta markaziy dehqon bozori hamda aholi gavjum bo‘lgan boshqa 64 ta maskanlarda tashkil etilgan  arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari orqali aholiga sotilgan.    

Shuningdek, viloyat budjetining orttirib bajarilgan qismi hisobidan o‘tgan yilda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga ajratilgan   18,6 mlrdso‘m mablag‘lar kartoshka, piyoz, guruch, o‘simlik yog‘i, parranda go‘shti, tuxum va shakar kabi zarur mahsulotlar zahirasini shakllantirishga yo‘naltirildi.

 Tumanlararo intervensiyasini ta’minlash maqsadida, kartoshka Kitob, Shahrisabz, Yakkabog‘ tumanlaridan  Qarshi va Shahrisabz shahar hamda cho‘l hududlariga, sabzi Koson, Kasbi va Qarshi tumanlaridan  2 ta shahar va tog‘li hududlarga, piyoz esa Qamashi, Nishon, Shahrisabz, Kitob va Yakkabog‘ tumanlaridan viloyatning boshqa hududlariga yo‘naltirilmoqda.

 Vohadagi 190 ta chorvachilik, 120 ta parrandachilik, 28 ta asalarichilik, 126ta baliqchilik, 150ta bog‘dorchilik, 154 ta sabzavotchilik fermer xo‘jaliklari dehqon bozorlari va yirik savdo markazlari atrofida tashkil etilgan yarmarkalarda o‘z mahsulotlarini bozordagidan 23-30 foiz arzon baholarda sotishni yo‘lga qo‘yishgan.    

Inflyatsiya darajasini jilovlash va oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash maqsadida 133ming gektar asosiy maydonlarga, 4 ming gektar fermer xo‘jaliklarining dala chetlarida,  3 ming gektar aholi tomorqalarida (32 ming takroriy), 19 ming gektar paxta va g‘alladan qisqargan yerlarda tashkil etilgan dehqon xo‘jaliklarida, 15 ming gektar qayta foydalanishga kiritilgan yerlarda, 64 ming gektar takroriy ekin sifatida, oziq-ovqat va ozuqa ekinlarini ekishdan tortib, parvarishlash va yig‘ishtirib olishgacha bo‘lgan jarayon tizimli tashkil qilish borasida chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Viloyat bo‘yicha   oziq-ovqat yo‘nalishida umumiy qiymati 1trln 826 mlrd. so‘mlik, 112 ta loyihalar amalga oshiriladi.

 Boshqarma tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish qat’iy nazoratga olingan bo‘lib, asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha inflyatsiya darajasini 8 foizdan oshirmaslik bo‘yicha ichki iste’mol bozorini barqarorligini ta’minlanishini kafolatlash maqsadida bor imkoniyatlar ishga solinayotir.

Tadbirda viloyat kengashi deputatlaridan Igor Tursunov, Ma’mura Ziyodullayeva, Davron Shodmonovlar va boshqalar so‘zga chiqib, viloyat bozorlarida baliq va kartoshka mahsulotlarining narxi biroz qimmatligi, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini kuz-qish mavsumiga saqlash borasidagi ishlar talabga javob bermasligi, viloyat qishlok xo‘jaligi ishlab chikarishini izchil rivojlantirish, mamlakatimiz ozik-ovkat xavfsizligini yanada mustaxkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chikarishni kengaytirish, yer resurlaridan oqilona foydalanish, agrosanoat majmuasini keskin rivojlantirish borasida o‘z fikr - mulohazalarini bildirishdi.

  • Ko'rildi
    66
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+