Jamoatchilik nazorati: maktab va bog‘chalar faoliyati o‘rganilmoqda

16.02.2024, 17:33

Jamoatchilik nazorati: maktab va bog‘chalar faoliyati o‘rganilmoqda

O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yoshlar bilan ishlash va biznes tuzilmalari bo‘limi, Chilonzor tuman Kengashi hamda deputatlardan tarkib topgan ishchi guruh “O’zbekiston – 2030” strategiyasini Ta’lim tizimi islohotlari yo‘nalishidagi maktabgacha ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda umumiy o‘rta ta’lim tizimida “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturini amalga oshirish va yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganmoqda.

Ishchi guruh a’zolari dastlab Chilonzor tumanidagi 173-sonli umumta’lim maktabi hamda 336-sonli maktabgacha ta’lim muassasa faoliyati bilan tanishdilar. Ushbu maktab ingliz tili va biologiya faniga ixtisoslashgan bo‘lib, Hindiston va Yaponiyadan kelgan o‘qituvchilar dars berishmoqda. Maktabning yutug‘i 2 nafar o‘quvchisi Finlyandiyadagi Oliy o‘quv yurtiga grand asosida o‘qishga kirgan. 28 nafar o‘quvchi IELTS dan 7-8 ball yutib olishgan.

Maktabning o‘quv xonalari, sport zallari, tadbirlar o‘tkaziladigan zallar hamda oshxonasi ko‘z kechirilganda ta’mirga muxtojligi aniqlandi. Maktabda  967 nafar o‘quvchilar tahsil olmoqda. Sinflari 32 tani tashkil qiladi. Pedagog xodimlari 58 nafar, shundan 55 tasi oliy ma’lumotli. Ishchi guruh har bir sinfxonaga kirib, yoshlar bilan suhbatlar qilindi. Yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanish to‘g‘risida gapirildi.

Shuningdek, ishchi guruh 336-bog‘cha faoliyatini o‘rganish davomida ta’mirtalab xolga kelib qolgani va ta’mirlash ishlari olib borilayotgani guvohi bo‘lishdi.

Ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan jamoatchilik nazorati yakuni yuzasidan muhokama qilindi. Aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Joylarda jamoatchilik nazorat tadbirlari davom etmoqda.

  • Ko'rildi
    82
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+