Mahalla ayollari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
28.02.2024, 10:22
Aholi salomatligini saqlash, yuqori saviyadagi sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish bugun yurtimizda olib borilayotgan izchil islohotlarning asosini tashkil etadi. Bu borada chiqarilgan qaror va Farmonlar aholining jismoniy faollik darajasini oshirish, kasalliklarni oldini olish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish yo‘lidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda muhim qadam bo‘lmoqda. Bu borada O’zLiDeP "Ayollar qanoti" ning "Sog‘lom oila-mustahkam" oila loyihasi doirasida o‘tkazib kelinayotgan bepul tibbiy ko‘riklar katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
O’zLiDeP viloyat Kengashi "Ayollar qanoti" hamda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi bilan hamkorlikda Buxoro shahridagi "Ko‘kaldosh" MFYda o‘tkazilgan tibbiy ko‘rikda hududdagi kam ta’minlangan, ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kamqonlik hamda nogironligi bor ayollardan 50 nafari qamrab olindi.
Tibbiy ko‘rik davomida shifokorlar qabuliga kelgan ayollarga tegishli muolajalar o‘tkazilib, ularga zarur maslahat, yo‘l-yo‘riq va tavsiyalar berildi. Shuningdek, mahalla ayollariga 5 xil turdagi dori-darmonlar, ko‘rish qabiliyati past bo‘lgan xotin-qizlarga ko‘z oynaklar hamda zarur sanitariya –gigiyena vositalari bepul tarqatildi.
Bunday tadbirlarni shaharning boshqa bir qator MFYlarida ham o‘tkazish rejalashtirilgan.
O'xshash yangiliklar
-
Uyda o‘tirgan holda daromadli bo‘lishni istaysizmi?
17.05.2024, 12:28
-
Samarqand shahri Qorasuv massividagi 1680 o‘rinli maktabning qurilish ishlari nega to‘xtab qolgan?
17.05.2024, 12:16
-
Pilla xarid narxi 25 foizga oshirildi
17.05.2024, 12:02
-
Jizzaxlik mutasaddining hisoboti tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi
17.05.2024, 10:55
-
Deputat mahalla yettiligi faoliyatini tanqidiy o‘rgandi
16.05.2024, 13:05
Fikringizni qoldiring