Mahalla obodligida deputatlar ham faol ishtirok etmoqda

28.02.2024, 10:53

Mahalla obodligida deputatlar ham faol ishtirok etmoqda

Ma’lumki, ayni kunlarda mamlakatimizda “Obod xonadon-obod ko‘cha-obod mahalla” mezonlari asosida ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish jarayonlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, Jizzax viloyatidagi Sharof Rashidov tumani “Yangi hayot” MFY, Arnasoy tumanidagi “Gulbahor” MFY, Zarbdor tumanidagi “Taraqqiyot” MFY, Zafarobod tumanidagi “Nurafshon” MFYlarda ham mazkur mezon asosidagi jarayonlar avjida.

E’tiborli tomoni, ushbu jarayonlarga mahalliy Kengash deputatlari va partiya faollari ham o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shmoqdalar.

- Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashida 11 nafar deputatlik guruhi a’zolari faoliyat olib bormoqda, - deydi partiya tuman bo‘limi apparat rahbari Shohruh O’razboyev. – “Taraqqiyot” MFYda boshlangan obodonlashtirish jarayonlarining dastlabki kunlaridanoq ular mahalladagi yettilik vakillari va mutasaddilar bilan hamkorlikda “Obod xonadon-obod ko‘cha-obod mahalla” mezonlarini joriy etish bilan bog‘lik chora-tadbirlar, “yo‘l xarita”larini ishlab chiqish, aholi muammolari, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini tezkorlik bilan hal etish borasida faol ish olib bormoqdalar. “Taraqqiyot” MFYni yangi taraqqiyot manziliga olib chiqishga qaratilgan vazifalar ko‘lami ko‘zni quvontirgulik. Ijtimoiy soha ob’ektlari to‘liq ta’mirlanmoqda, yangi yo‘llar qurilmoqda, aholini ichimlik suvi, elektr energiyasi, tabiiy gaz bilan ta’minlash yaxshilanmoqda. Deptutlarimiz va partiya faollari tomonidan aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish, ularning bandligini ta’minlash borasida bir qator tadbirlar tashkil etilmoqda.

 

Xolbek ASATOV,

O’zLiDeP Jizzax viloyat kengashi

Siyosiy ta’lim va deputatlik guruhlari bilan

ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    38
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+