Dashtliklarning suv ta’minoti yaxshilanadi

16.03.2024, 15:07

Dashtliklarning suv ta’minoti yaxshilanadi

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashining Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Ismigul Xushmurodova Dasht MFY istiqomat qilayotgan saylovchilar bilan uchrashdi. Deputat partiya dasturiy maqsad va vazifalari, xalq deputatlari viloyat kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, deputatlik maqomi, xotin-qizlar va yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, siyosiy bilimlarini shakllantirish, bandligini ta’minlash borasida amaliyotga tatbiq etilayotgan partiyaviy loyihalar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Uchrashuvda deputat O’zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturidan o‘rin olgan ustuvor vazifalarni  ijrosini ta’minlash,  xotin-qizlarning mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish borasidagi innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash orqali yangi ish o‘rinlari yaratish borasida amaliy takliflar bildirdi.

Ayni paytda “Dasht” MFY hududida 1135 ta ila bo‘lib, 4836 nafar aholi istiqomat qiladi. Nuroniy Bekmat Xolboyevning ta’kidlashicha, hudud aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash borasidagi ishlar olg‘a siljimayapti. Odamlar suv sotib olib, ichishga majbur. Tuman Suvoqova idorasidagi nasos ishlamayotganligi bois aholiga toza ichimlik suvi yetkazib berilmayapti. Qurilish  firmasi vodoprovod quvurlarini tortish ishlarini yakunlamagan.  Aholi tomorqalarini oqova suv bilan ta’minlash maqsadida magistral kanaldan plastmassa quvurlar tortilgan. Biroq nasos ishlatilmaganligi bois oqova suv kelmayapti.

Muloqotda so‘z olgan deputat Ismigul Xushmurodova saylovchilarning ichimlik va oqova suv ta’minotini yaxshilash borasidagi murojaatlarini chuqur o‘rganib, maqbul yechimlari yuzasidan mutasaddilarga so‘rovnoma bilan chiqishini bildirdi. 

         Shu kuni deputat Dasht mahallasida yashovchi kam ta’minlangan oilalar, boquvchisiz nogiron va keksalar istiqomat qilayotgan xonadonlarda bo‘lib, tomorqalariga ekish uchun mevali daraxt ko‘chatlari tuhfa etdi. Hududdagi “12-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti” hovlisiga ham deputat tomonidan ko‘chatlar  o‘tqazildi. 

         -Bir nechta xonadonda bo‘lib, ezgu niyat bilan ko‘chatlar o‘tqazdik, - deydi  Ismigul Xushmurodova. – Ularga katta daraxt bo‘lsa, mevalari bilan dasturxonimiz to‘kis bo‘ladi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘chat ekish ishlarini har bir fuqaro qo‘llab-quvvatlagan holda hovlisi sahniga bir dona bo‘lsa ham ko‘chat o‘tqazsa, yaxshi niyat bilan ekilgan nihollar yashillikka burkanib, chor-atrofga go‘zallik baxsh etibgina qolmasdan havoning musaffoligini ta’minlaydi. 

  • Ko'rildi
    32
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+