Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti

04.05.2024, 20:10

Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti

Baliqchi tumanida “Ishbilarmon ayol - 2024” ko‘rik-tanlovining mahallalar kesimida saralash bosqichlari o‘tkazilmoqda. Tanlovda ishtirokchilar tomonidan ishlab chiqarilgan oziq-ovqat, qandolat mahsulotlari, ayollar, kelinlar va bolalar liboslari, zardo‘zlik, hunarmandlik va zargarlik buyumlari ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Hakamlar hayʼati aʼzolari tanlov doirasida 10 ga yaqin tadbirkor va hunarmand xotin-qizlar faoliyati bilan yaqindan tanishib, ularning shu davrga qadar erishgan yutuqlari, imkoniyatlari va kelgusi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

- Ish boshlaganimizga hali ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q, – deydi tumanning “Afsona” mahalla fuqarolar yig‘inidagi tadbirkor,  “Begoyim lyuks” MCHJ rahbari Dildora Isaqova.  - Asosan har-xil turdagi ayollar liboslari buyurtma asosida tayyorlanadi. Mahsulotlarimiz bozorlarda o‘z xaridoriga ega. Kelgusida faoliyatimizni yana-da kengaytirib, yangi ish o‘rinlari yaratish niyatidamiz.

Ishtirokchilar ko‘rik-tanlov nizomiga muvofiq xotin-qizlar uchun qo‘shimcha ish o‘rni yaratganligi, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni kasb bo‘yicha o‘qitganligi, bandligini taʼminlagan va hayotda o‘z o‘rnini topib ketishida ko‘maklashganligi, faoliyat turidan kelib chiqib eksportga yo‘naltirilgan yoki import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarish, aholiga ko‘rsatayotgan xizmatining sifati hamda faoliyatida hayotga tatbiq etib kelayotgan yangi innovatsion g‘oyalari ham baholashda alohida eʼtiborga olindi.

Mahallalar kesimida o‘tkazilgan tanlovda g‘olib deb topilgan ishtirokchilar tuman bosqichida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Ishbilarmon ayollarga partiyaning tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

  • Ko'rildi
    30
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+