Qo’qon durdonalari “Euronews” telekanalida

Tashriflar: 61

Sana: 15.03.2017 12:38

Dunyoga mashhur “Euronews” telekanali o’z tomoshabinlarini O’zbekistonning tarixiy shaharlari va nodir me'moriy obidalari bilan tanishtirishda davom etmoqda. Navbat Ho’qandi latif va uning asosiy diqqatga sazovor maskani - Xudoyorxon saroyiga keldi. Joriy haftada “O’zbekistondan suratli nomalar” (“Postcards from Uzbekistan”) turkumi ijodkori Sheymus Kerni ana shu shahar haqida hikoya qiladi.

Mazkur go’shaning o’ziga xos jihatlarini sifatlar ekan, jurnalist Qo’qon nomi ajoyib, benazir shahar, deya tarjima qilinishini aytadi.

Dasturda betakror rang-barangligi va hashamatli ziynati bilan keng mashhur bo’lgan Xudoyorxon saroyi bir paytlar Markaziy Osiyodagi eng ulkan inshoot bo’lgani ta'kidlanadi. Mahobatli majmua 1863-1875-yillar davomida qadimiy qal'a o’rnida barpo etilganiga, ushbu ulkan saroyning qurilishiga Qo’qon, Buxoro hamda boshqa shaharlarning me'mor va musavvirlari jalb qilinganiga e'tibor qaratiladi. “Obidaga keluvchilar o’zining ulkanligi bilan hayratga soladigan saroy old ko’rinishidan o’tgandan so’ng salobatli va nafosat bilan ishlangan ichki devorlarni tomosha qilib, kichik va keng xonalarni orqali majmuaga kirishlari mumkin”, deydi telesharhlovchi.

Ekskursiyaning hamkori Madina Abdullayeva bir paytlar saroyda 114 ta xona va 7 ta hovli bo’lgani haqida hikoya qiladi. “Bugungi kungacha atigi 19 ta xona saqlanib qolgan, sayohatchilar uchun 4 ta hovli ochilgan, - deydi u. - Qadimiy me'moriy va tasviriy durdonalar go’zalligini saqlab qolish maqsadida Xudoyorxon saroyida qayta ta'mirlash ishlari bir kun ham to’xtagani yo’q”.

Joriy haftada “O’zbekistondan suratli nomalar” teleturkumi “Euronews” kanalida davom etadi. Qo’qon va uning diqqatga sazovor joylari haqidagi lavha tomoshabinlar hukmiga quyidagi jadval orqali taqdim etiladi:

Ko’rsatuv kuni

Toshkent vaqti bilan

Yevropa qit'asining qishki vaqti bilan

14-mart, seshanba

02:54; 16:16; 22:40

12:16; 18:40; 20:35

15-mart, chorshanba

00:35; 05:55; 19:18

01:55; 15:18

16-mart, payshanba

15:15; 18:14

11:15; 14:14

17-mart, juma

11:41; 20:20

07:41; 16:20

18-mart, shanba

09:17; 13:14; 17:43

05:17; 09:14; 13:43

19-mart, yakshanba

06:17; 21:19

02:17; 17:19

 “Jahon” AA, Parij

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!