Asosiy kontentga o‘tish
Juma 25-sentyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Partiyamiz faoli 15 nafar ishsiz yoshlarni ishli qildi

28.05.2024
0

O'zLiDeP Toshkent shahar Kengashi yoshlar bilan ishlash va biznes tuzilmalari bo'limi hamda O'zLiDeP Yunusobod tuman Kengashi bilan hamkorlikda "shukron Lady Sook" qandolat sexida yoshlar bilan uchrashuv o'tkazildi.


Muloqotda "O'zbekiston – 2030" strategiyasida belgilangan yoshlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ishsizlik darajasini kamaytirish yo'nalishidagi ishlar tahlil qilindi.


Bugungi kunda yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, kasb-hunarga o'qitish va bandligini ta'minlash borasida tizimli ishlar olib borilyapti. Maqsad yoshlarni kelajakda o'z o'rinlarini topishi, ma'lum bir kasbni egallashi, eng muhimi mamlakat rivojiga o'z hissasini qo'sha olishdir.


Bu borada partiya ham o'z oldiga ustuvor maqsad va vazifalarni belgilab olgan bo'lib, joylarda yoshlarni turli kasb-hunarga o'rgatish, bizneslarini boshlashi va bandiligi ta'minlashda yaqindan ko'makchi bo'lmoqda.


"Shukron Lady Sook" qandolat sexi rahbari tadbirkor Gulxayyo opa ham mahalladagi ishsiz xotin-qizlarining 15 nafarini bandiligi ta'minlashda o'z hissalarini qo'shdi. Faoliyatini yanada kengaytirib qo'shimcha ish o'rinlarini yaratishni maqsad qilgan.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?